1-rasm. Davlat budjeti xarajatlari (YaIM ga nisbatan foiz da)
Davlat budjeti xarajatlarining tarkibidagi ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlari yil sayin oshib borgan. Keyingi 5 yil mobaynida jami budjet xarajatlarining tarkibida ijtimoiy sohaga qilinayotgan xarajatlar 2012- yilda 58,3foizdan 2018- yilda 58,6 foiz gacha o‘sib borgan. Ushbu holat o‘z navbatida, jahondagi barcha davlatlar orasida eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadiki, o‘z navbatida Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning uzoq, strategik ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir. shuningdek, ushbu xarajatlarning o‘sib borishi bilan birga ular davlat budjeti xarajtlari tarkibida eng yuqori salmoqni tashkil etmoqda.
Ijtimoiy mо‘ljallanganligi bо‘yicha budjet xarajatlarining iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarni о‘zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq ravishda budjetning barcha xarajatlarini quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qо‘llab-quvvatlash xarajatlari;
milliy xо‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
harbiy (mudofaa) xarajatlar(i);
boshqaruv xarajatlari;
rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish xarajatlari.
Budjetdan katta miqdordagi mablag’lar iqtisodiyotning qishloq xо‘jaligi tarmog’iga taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda qо‘llab-quvvatlanishi lozim bо‘lgan tarmoq hisoblanadi. Qishloq xо‘jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki kо‘rinishda taqdim etilmoqda:
1) qishloq xо‘jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni qо‘llab-quvvatlash;
2) ishlab chiqarish maqsadlari – qishloq xо‘jaligi mashinalari, mineral о‘g’itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun.
Milliy mahsulotlarni eksport qiluvchi firmalar faoliyatiga budjetdan yordamning kо‘rsatilishi ham jahon bozorlaridagi shiddatli raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha yengillashtiradi.
Budjet xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq ravishda bо‘linishi ular markazlahuvining turli darajalarini о‘zida aks ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik nuqtai-nazardan budjet xarajatlari uch guruhga kiruvchi xarajatlardan tarkib topadi:
Davlat budjeti xarajatlari;
Respublika budjeti xarajatlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarning xarajatlari.
“Budjet tizimi tо‘g’risida”gi О‘zbekiston Respublikasi qonunining 12-moddasiga muvofiq Davlat budjeti xarajatlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari;
joriy budjet transfertlari;
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga kyeltirish xarajatlari);
kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan transfertlar;
rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari;
davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari;
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.
О‘z navbatida, Respublika budjeti xarajatlarining tarkibi quyidagilardan iborat (Yuqoridagi qonunning 16-moddasi):
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’i oluvchilarning joriy xarajatlari;
joriy budjet transferlari;
kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bо‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zahiralarini vujudga keltirish xarajatlari);
kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transferlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;
rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari;
davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari;
qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: |