1.Davlat budjeti mohiyati, funksiyalari va vazifalari.
Davlat budjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bо‘linmalari singari, ikki xil funksiyani bajaradi:
1.Taqsimlash 2.Nazorat
Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon bо‘ladi. Bu narsa davlat budjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmunidan yaqqol kо‘rinadi. Davlat budjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham Davlat budjetining taqsimlash funksiyasi о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatga ega bо‘lib, u taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta taqsimlash uchun foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida budjet mablag’lari (budjetga tо‘lovlar) milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bо‘linadi va kо‘p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yо‘naltiriladi.
Davlat budjeti taqsimlash funksiyasining uchinchi xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy ob’yekti bо‘lib jamiyatning sof daromadi (qо‘shilgan qiymat solig’i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu narsa milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylik boshqa elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Budjet orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslarning daromadlari ham qayta taqsimlanadi. Shuningdek, budjet mexanizmi orqali xо‘jalik yurituvchi sub’yektlar о‘rtasida ham mablag’lar qayta taqsimlanishi mumkin.
Budjet orqali taqsimlash jarayoni kо‘p bosqichli amalga oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, budjet orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) sodir bо‘ladi. Uning uchinchi bosqichi (budjetdan moliyalashtirish) iqtisodiyot sohalarini va ijtimoiy sohaning bо‘linmalarini qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning ayrim elementlari budjet orqali kо‘p martalab ham о‘tishi (taqsimlanishi) mumkin
Davlat budjetining nazorat funksiyasi ham о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarga ega. Budjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bо‘linmalarida ahvolning qandayligi tо‘g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab turadi.
Mablag’larning budjetga kelib tushishi, budjet assignovaniyalarining yо‘nalishi va ulardan foydalanish ishlab chiqarish, taqsimlash, almashuv va iste’moldagi muvaffaqiyat va kamchiliklarni ifoda etadi. Ular milliy iqtisodiyotda nomutanosibliklar (disproporsiyalar)ning vujudga kelayotganligi, rivojlanish sur’at-laridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bо‘layotgan taqsimlash jarayonlarining tо‘g’riligi va о‘z vaqtidaligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar tо‘g’risida gо‘yo signal berib turadi. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat budjeti bilan bо‘ladigan о‘zaro munosabatlarda – soliqlarda, tо‘lovlarda, budjetdan moliyalashtirish hajmlarida, budjet assignovaniyalarini о‘zlashtirishda va hokazolarda о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Demak, budjet orqali rejadan farqlanish (og’ish), tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproporsiyalar, fondlarning hajmi, mablag’larni о‘zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi о‘zgarishlar yaqqol kо‘rinib turadi
Davlat budjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa, о‘z navbatida, milliy iqtisodiyotni operativ boshqarishda davlat budjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat budjetining nazorat funksiyasiga tegishli bо‘lgan ikkinchi xarakterli xususiyat moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat budjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot berib turishini, ma’lum ketma-ketlikda bо‘ysunishning tizimliligini anglatadi Budjet davlatniki bо‘lganligi uchun uning nazorat funksiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarishning instrumentlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Nazorat funksiyasining budjetga ob’yektiv ravishda xosligi, uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlat huquqiy asosiga ega ekanlikni taqozo etadi. Shuning uchun ham budjet nazorati eng ta’sirchan va samarali sanaladi. Davlat bunday nazoratni amalga oshirish natijasida sub’yektlarning moliyaviy faoliyatiga operativ ravishda aralashuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qо‘llashi mumkin.
Budjetga ob’yektiv ravishda xos bо‘lgan nazorat funksiyasi davlat tomonidan faoliyatning barcha sohalarida keng qо‘llaniladi. Budjetni rejalashtirish jarayonlarida va budjetni ijro etishda sub’yektlar faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni kо‘zda tutadi:
1) Davlat budjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini mobilizatsiya (jalb) qilish;
2) mablag’larni sarf etishda ularning qonuniyligini ta’minlash;
3) Moliyaviy (budjet) mexanizm (i) orqali ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish.
Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fondning о‘lchamiga (hajmiga) tegishli hisoblanadi. Bunda turli fondlarning nisbatlari, ular о‘rtasidagi proporsiyalar, ularning miqdoriy parametrlarini tо‘g’ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar budjetning taqsimlash funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki kamaytirish yо‘li bilan uni kо‘zlangan darajaga yetkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini kо‘rishga (aniqlashga) imkon beradi.
Davlat budjetining ikki funksiyasidan foydalanish natijasida budjet mexanizmi vujudga keladi. Budjet mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy resurslarni davlatning qо’lida akkumulyatsiya qilish va ularni budjet kanallari bо‘yicha taq-simlashning amaldagi tizimi nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu mexanizmning detallari juda kо’p: soliqlar va budjetga tо‘lovlar, budjetdan moliyalashtirishning turli shakllari, mablag’larni budjetlar ichida taqsimlash va boshqalar ana shular jumlasidandir. Budjet mexanizmi ishlashining samaradorligi unga tegishli bо’lgan detallarning о‘zaro ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog’liqligi bilan belgilanadi.
Davlat budjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy о’rinni egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi Moliyaviy resurslar davlatning qо’lida tо’planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat budjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustuvor yо’nalishlar uchun moliyaviy resurslarni konsentratsiya qilishda asosiy instrument bо‘lib xizmat qiladi.
Davlat budjeti iqtisodiyot alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham о’ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bо’lsa, uning paydo bо’lishini hozirgi sharoitda budjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Sub’yektlarning faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat budjetining tartibga soluvchi roli quyidagi shakllarda bо‘lishi mumkin:
– Moliyaviy resurslarga bо‘lgan yangi talabni kelgusi budjet yilida budjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
– Moliyaviy resurslarga bо’lgan qо’shimcha ehtiyojni mavjud bо’lgan budjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni budjet kreditlarini bir ob’yektdan ikkinchisiga о’tkazish. Bunday imkoniyatning mavjud ekanligi amaliyotda ayrim sub’yektlarning о’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni tо’liq о’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan belgilanadi;
– qо’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.
Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashti-rilgan investisiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi.