3-rasm. O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjeti ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi, YAIMga nisbatan foizda
Keyingi yillarda respublikamizda davlat budjetining ijro etilishida ijobiy holat ko‘zga tashlanmoqda.
2-rasmdan ko‘rishimiz mumkinki, 2000-2004 yillar davomida mamlakatimiz davlat budjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar pasaytirishga, 2005-2008 yillar davomida esa davlat budjeti taqchilligiga barham berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi.
Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishiga qaramasdan, budjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda.
2017 yilda ham maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan chora-tadbirlar natijasida budjet daromadlari uning xarajatlaridan ortish hajmi YAIMning 0,1 foizi darajasida bo‘lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat budjeti sohasidagi bunday natijalarni qo‘lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichma-bosqich o‘zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo‘lgan bir qancha vazifalarning xususiy sektorga o‘tkazish orqali davlat budjeti xarajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo‘nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
4. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari.
Qisqa muddatli davrda budjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari samarasi ta’siri ostida bo‘ladi.
ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔE=ΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg)
Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga o‘sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE miqdorda o‘sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo‘yicha yuqoriga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish hajmi (ΔY) miqdorida o‘sadi.
Ko‘rganimiz singari xarajatlardagi ozroq o‘zgarish daromadlardagi undan ancha katta bo‘lgan, o‘zgarishni keltirib chiqaradi va ΔY/ ΔE=1/(1-b) bo‘ladi (4-rasm).
Dostları ilə paylaş: |