716
Moliyaga oid atama va iboralarning izohli lug’ati
A
Aktuar hisob-kitoblar
(sug’urtada)
-
tarif stavka-larini hisob-
kitob qilishning
iqtisodiy-matematik metod-
lari majmui. Sug’urta
fondini
vujudga
keltirishda
(yara-tishda)
har
bir
sug’urtalanuvchining (sug’urta qiluvchining) ishtirok etish
salmog’ini
aniqlab beradi, ya’ni tuzilgan sug’urta shartnomasiga
muvofiq tarif stavkalarining o’lchamini aniqlaydi.
Aktsionerlik jamiyati
– xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy
shakllaridan biri. Uning kapitali aktsiyalarni
joylashtirish orqali
shakllanadi. Aktsionerlik jamiyatlari pul jamg’armalarining ishlab
chiqarish investitsiyalariga aylanishiga imkon beradi. Aktsiyalarni
chiqarish kapitalni mobilizatsiya (jalb)
qilishning eng samarali
shakllaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda
bu korxonalar faoliyat ko’rsatishining
asosiy tashkiliy-huquqiy
shakli hisoblanadi.
Aktsiya
– aktsionerlik jamiyatining kapitaliga ulushning
kiritilganligi xususida ma’lumot
va uning egasiga dividend
ko’rinishidagi daromadni olish huquqini beruvchi qimmatli qog’oz.
Dostları ilə paylaş: