T. Malikov O. Olimjonov moliya


O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

26.7.O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga 
ntegratsiyalashuvi 
 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin
o’zining mustaqil tashqi siyosatini, shu jumladan, tashqi iqtisodiy 
siyosatini yurita boshladi. Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosati 
eng avvalo, milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilgan holda 
xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qaratilgan. 
Respublikamizda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlarini 
shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror 
o’sishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar 
ish
lab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam o’rin 
egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga 
qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga 
erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga 
alohida 
e’tibor berilmoqda. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi 
davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy 
davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar 
bilan o’zaro foydali hamkorlik o’rnatishga, bunday hamkorlikni 
rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatning 
sub’yekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga: 

tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonun asoslarini 
belgilash; 

tashqi iqtisodiy siyosatni, shu jumladan valyuta-kredit 
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, O‘zbekiston 
Respublikasi valyuta fondini shakllantirish va undan foydalanish; 

tashqi iqtisodiy iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro 
shartnomalar tuzish va ularni ijro etish; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
hududidan 
tashqarida 
respublikaning, uning yuridik shaxslari va fuqarolarining iqtisodiy 
manfaatlarini himoya qilish; 

respublika hududida chet ellik investorlar faoliyati uchun 
huquqiy kafolatlarni belgilash; 

O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlar va birlashmalarda vakillik qilish; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasidan 
kelib 
chiqadigan boshqa vakolatlar kiradi. 


704 
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar sifatida 
quyidagilar belgilangan: 

birinchidan, 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatni 
yanada 
erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko’zlab o’tkazish, tovarlarni 
eksport 
va 
import 
qilishda 
xorijiy 
sarmoyadorlar 
o’z 
daromadlaridan erkin foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibni 
joriy etish; 

ikkinchidan, xorijiy sarmoyadorlarni, asosan bevosita 
kapital mablag’lar tarzidagi sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga 
keng jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart- 
sharoitlarni yanada takomillashtirish; 

uchinchidan, 
O‘zbekistonga 
jahon 
darajasidagi 
texnologiyalarni olib keladigan, xalq xo’jaligining zamonaviy 
strukturasini 
vujudga 
keltirishda 
yordam 
beradigan 
sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini 
o’tkazish; 

to’rtinchidan, mablag’larni eng ustuvor sohalarga – 
respublika mustaqillgini ta’minlaydigan agrar sektorni, yoqilg’i- 
energetika kompleksini hamda boshqa bazaviy tarmoqlarni 
rivojlantirishga qodir, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni 
o’zlashtirishga sarflash. 
Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida 
mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari 
yaratildi. Bular jumlasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi 
iqtisodiy faoliyat to’g’risida”gi, “Valyutani tartibga solish 
to’g’risida”gi, “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi, “Chet ellik 
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
choralari to’g’risida”gi, “Boj tarifi to’g’risida”gi, “Eksport nazorati 
to’g’risida”gi qonunlarni hamda “Chet el investitsiyalari bilan 
loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora- 
tadbirlari to’g’risida”gi, “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni 
rag’batlantirish 
borasidagi 
qo’shimcha 
chora-tadbirlar 
to’g’risida”gi, “To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini 
rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini 
kiritish mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliya-tining asosiy 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 

barcha davlatlar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari, 
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’zaro manfaatliligi; 


705 

tomonlarning tengligi; 

tashqi iqtisodiy aloqalar bo’yicha sheriklarning ichki 
ishlariga aralashmaslik; 

xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan bitimlar 
bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarni halol va aniq bajarish 
printsiplari; 

hamma tomonidan e’tirof etilgan boshqa xalqaro 
normalar, qoidalar va shartlarga rioya etish. 
O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning 
ob’ektlari bo’lib, hamma turdagi resurslar, xalq xo’jaligining barcha 
tarmoqlari 
va 
sohalarida 
yaratiladigan 
tovarlar 
hamda 
ko’rsatiladigan xizmat, qimmatbaho qog’ozlar, fan-texnika 
mahsulotlari, intellektual va boshqa boyliklar hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tashqi iqtisodiy 
faoliyatda foydalanish man etiladigan ob’ektlar bundan 
mustasnodir. 
Mulkchilikning 
shakllaridan 
qat’i 
nazar, 
O‘zbekiston 
Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida 
ro’yxatga olinib, respublika hududida yoki uning tashqarisida ish 
olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy 
yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston 
Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining sub’yektlari bo’lishi 
mumkin. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlari: 

O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan 
qonun normalari va normalarga, hamma tomonidan e’tirof etilgan 
xalqaro normalar va qoidalarga rioya etishi; 

belgilangan 
tartibda 
tashqi 
iqtisodiy 
aloqalarning 
ishtirokchisi sifatida ro’yxatdan o’tishi hamda buxgalteriya va 
statistika hisobotlarini taqdim etishi; 

xalqaro hamkorlik doiralarida bajarilayotgan ishlar, qidiruv 
ishlari va loyihalarning sanitariya-gigiena, ekologiya talablari va 
boshqa talablarga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasini olishi; 

ro’yhati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy 
faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi 
litsenziyaga ega bo’lishi shart. 
Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining 
turlaridan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha 


706 
sub’yektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda teng 
huquqlarga ega bo’ladi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning 
har bir sub’yekti amal qilib 
turgan qonunlar doirasida tashqi iqtisodiy aloqalardagi o’z 
ishtirokining turlari, shakllari va yo’nalishlarini mustaqil belgilashi, 
o’z xohishiga qarab tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish 
uchun zarur bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan 
tartibda shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to’lab 
yoxud to’lamasdan jalb etishi mumkin. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatining har bir sub’yekti O‘zbekiston 
Respublikasi 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valyutasidagi 
daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni 
tasarruf etishga haqlidir. Uning qaroriga ko’ra tashqi iqtisodiy 
faoliyatning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni 
tasarruf etish huquqlari qonunlarda belgilangan tartibda boshqa 
yuridik va jismoniy shaxslarga o’tkazilishi yoxud ularga ishonib 
topshirilishi mumkin. Huquqlar ana shu tarzda o’zgaga 
o’tkaziladigan 
taqdirda 
tomonlar 
o’zaro 
munosabatlarni 
shartnomalar (bitimlar) asosida tartibga oladilar. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

tashqi iqtisodiy faoliyat sub’yektlarini ro’yxatdan o’tkazish; 

tabaqalashtirilgan soliqlar va imtiyozlar sistemasi, shu 
jumladan 
valyuta bo’yicha ham belgilanish; 

tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta’minlashning 
davlat tizimini yaratish; 

ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalarning tashqi 
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishi uchun 
dotatsiyalar, subsidiyalar, subventsiyalar, byudjetdan qarz berish 
tarzida moliyaviy yordam ko’rsatish, tavakkalchilikni sug’urta 
qilish; 

respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining turli shakllarini 
rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli kompleks dasturlarni 
ishlab chiqish, pul 
bilan ta’minlash va ekspertiza qilish; 

O‘zbekiston 
Respublikasiga 
olib 
kelinadigan 
va 
O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan tovarlar va 
boshqa mol-mulklarni hujjatlashtirish; 


707 

mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilish 
tartibini belgilash; 

valyuta va boshqa fondlar mablag’larini vujudga keltirish 
va ulardan foydalanish. 
Keyingi yillarda O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda 
hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei oshib bormoqda. 
Bunda davlatimiz hukumati tomonidan mamlakatni ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, 
iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish 
yo’llarining aniq va to’g’ri ko’rsatib berilganligi bu yo’ldagi yutuq 
hamda marralarning sa
lmoqli bo’lishiga imkoniyat yaratmoqda. 
Ma’lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot 
rivojlanishining muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. U mamlakatning 
jahon hamjamiyatiga bo’lgan aloqasini ifodalab, uning istiqbolini 
belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakat 
ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga 
erishiladi. 
Mamlakat 
eksporti 
hamda 
importining 
qiymati 
o’rtasidagi 
farq, 
ya’ni 
saldo 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
samaradorligining muhim iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. 
Ushbu ko’rsatkich milliy daromad darajasiga ko’p tomonlama
ta’sir etadi. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o’zgarish 
ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida 
muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda 
mamlakatimizda 
keskin 
raqobatlashuv 
sharoitida 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda 
xaridorgir bo’lishi va mustahkam o’rin egallashi uchun bir qator 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Hozirgi kunda mamla
katimizda importning o’rnini qoplash va 
eksportga yunaltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-kuvvatlash 
dasturi amalga oshirilmokda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud 
resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to’liq va 
samarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport 
hajmining barqaror o’sishi uchun qulay shart-sharoitlarni 
yaratishdir. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun 
xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo’nalishlarga keng jalb qilish, ularga 
kafolat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib 
olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmokda. 


708 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda 
qo’yidagilarni ustuvor yo’nalishlar sifatida keltirish mumkin: 

Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada 
mustahkamlash, 
eksportga 
yo’naltirilgan 
iqtisodiyotni 
shakllantirish; 

eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga 
kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash 
negizida tayyor mahsulo
t ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarni 
rivojlantirish 
zarur. 
Eksportni 
kengaytirishga 
qaratilgan 
strategiyani faol qo’llash bilan bir qatorda importning salmog’ini 
qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o’tkazish, o’zimiz 
ishlab chiqarishim
iz mumkin bo’lgan tovarlar va maxsulotlarning 
chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib borish talab 
qilinadi; 

tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo’jalik 
ishlarini yurituvchi sub’yektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita 
aloqala
r o’rnatishda, o’z maxsulotini chet ellarda sotishda ko’proq 
erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmuncha 
imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat 
o’tkazish; 

xorijiy 
investitsiyalar 
jalb 
qilish 
orqali 
amalga 
oshirilayotgan 
sanoat 
loyihalarning 
bir-
biriga 
bog’liqligini 
ta’minlash, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish 
hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o’rnini 
bosuvchi va eksportga mo’ljallangan tayyor mahsulot ishlab 
chiqarish va etishtirishga erishish; 

olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversi-fikatsiya 
siyosatini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy xududlarda balki 
chekka tumanlarda ham yirik sanoat ob’ektlarini qurishni keng 
yo’lga qo’yish; 

tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini 
ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug’urta 
firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga 
mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini 
vujudga keltirish;. 

xalqaro xuquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, 
hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar 
tayyorlashni tashkil qilish. 


709 
Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo’nalishlarini izchil 
tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini 
oshirish 
mamlakatimiz 
iqtisodi-yotining 
jahon 
iqtisodiy 
hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga imkon beradi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
eksport 
salohiyatini 
rivojlantirish 
buyicha 
yaqin 
kelajakka 
mo’ljallangan 
strategiya
sining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 
birinchidan, eksportni rag’batlantirish uchun avvalo, barqaror 
makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur’atini prognoz 
darajasida ushlab turish, valyuta almashtirish kurslarining keskin 
tebranishlar
iga yo’l qo’ymaslik; 
ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning mulk shaklidan 
qat’iy nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish 
uchun bir xil imkoniyatga ega bo’lishlarini ta’minlash; 
uchinchidan, etuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish; 
to’rtinchidan, eksport salohiyatini rag’batlantirish maqsadida 
ishlab 
chiqarish 
tarmoqlarida 
yuqori 
texno-logiyalardan 
foydalanish ko’lamini kengaytirish; 
beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil 
etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish. 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach erkin ochiq bozor 
iqtisodiyotini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish uchun 
zarur bo’lgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy 
asoslarni barpo etish yillari sifatida munosib tarixiy voqelikka 
aylandi. Shuningdek, mamlakatimizda barqaror bank tizimi 
yaratilishi bilan xalqaro moliyaviy munosabatlar ko’lami yanada 
kengayib bordi, bu holat o’z navbatida xalqaro moliya institutlari 
va tijorat banklari o’rtasida o’zaro xamkorlik aloqalari
rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Hozirgi kunda 
mamlakatimiz tijorat banklari hamda xalqaro moliya institutlari 
o’rtasida bir qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda, bu esa 
respublikamiz iqtisodiyotini taraqqiy etishida mustahkam rol 
o’ynamoqda. 
Bugungi kunda xalqaro moliyaviy institutlarning amaliy 
aloqalariga qisqacha to’xtaladigan bo’lsak, ulardan Xalqaro 
Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki, Yevropa Tiklanish va 
Taraqqiyot Banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi yirik 
moliyaviy tashkilotlar bilan juda izchil va faol ishlar olib 


710 
borilmoqda. Mazkur tashkilotlar biz tanlagan yo’l va amalga 
oshirilayotgan islohotlarning to’g’ri ekanligiga qat’iy ishonch hosil 
qilganliklari uchun ham yaqin hamkorlik aloqalarini olib 
bormoqdalar. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 2 iyulda 
O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi (XVF)ga 
a’zolik to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi 
1992 yil 21 sentyabrda XVFga a’zo bo’lib kirdi hamda Vazirlar 
Mahkamasining 93-F raqamli 1993 yil 27 martdagi Farmoyishiga 
muvofiq respublikaning XVF imzo kvotasiga to’lov amalga 
oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki xalqaro 
moliya tashkilotlarining aloqa agentligi va avuarlar depozitariysi 
hisoblanadi 
va 
O‘zbekiston 
Respubli-kasining 
mazkur 
muassasalarga a’zoligi bilan bog’liq operatsiyalarni amalga 
oshirish vakolatiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining hukumati bilan kelish-gan 
xolda Moliya vazirligi va Markaziy bank yuqorida qayd etilgan 
xalqaro tashkilotlar oldidagi qarz 
mablag’lar olish, to’lov foizlarini 
berish va respublika nomidan qarz majburiyatlarini joylashtirish 
bilan 
bog’liq moliyaviy majburiyatlarning o’z vaqtida bajarishni 
ta’minlaydi. 
O‘zbekistonga XVFning missiyasi texnikaviy yordam 
ko’rsatish va xukumatda hamda O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankida konsultatsiyalar o’tkazish maqsadida 
muntazam kelib turadi. Missiyaning faoliyati iqtisod, moliya 
sho’’basi va statistika soxasidagi ishning axvolini o’rganishga, 
shuningdek, keyingi iqtisodiy islohatlar yo’nalishini aniqlashga 
qaratilgan. 
XVF ekspertlarining o’rganishlari natijasi bo’yicha tavsiya 
va analitik materiallar ishlab chiqiladi, makroiqtisodiyot 
sohasidagi mavjud muammolarni xal qilish yo’llari haqida 
tavsiyalar 
tayyorlanadi, 
bular 
barchasi 
Markaziy 
bank 
tomonidan amaliyotda hisobga olinadi. 
Bundan tashqari XVF bilan bitimning “Valyuta tartibiga 
nisbatan majburiyatlar” moddasiga muvofiq Fond missiyasi bir 
yilda kamida bir marta O‘zbekistondagi joriy makroiqtisodiy va 
valyuta siyosatining obzorini o’tkazadi. Missiya ishi natijalari 


711 
bo’yicha tegishli hisobot tayyorlash bilan birga XVF ijrochi 
direktorlari kengashi muhokamasiga olib chiqiladi. 
Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari bilan birga-likdagi 
xamkorlik va ishlash muayyan ijobiy natijalarni berdi. 
XVF bank qonunchiligini, buxgalteriyaning hisobga olish 
hisob raqamlari yangi rejasini xalkaro standartlarga muvofiq 
ishlab chiqishga, shuningdek hisobga olish va hisobotning 
yangi tizimini joriy etishga ko’maklashdi, bu bank nazorati 
samarasi va uning me’yoriy negizi darajasini oshirish imkonini 
berdi. XVFning texnikaviy 
ko’magi to’lovlar elektron tizimini joriy 
etish va statistika ma’lumotlari yig’ish tizimini yaxshilashga olib 
keldi. 
XVF kreditlari milliy valyutani qo’llab-quvvatlash, to’lov 
balansini mustaxkamlashga ajratildi va bevosita O‘zbekiston 
hukumatiga beriladi. 
XVF raxbariyati va ekspertlari texnik yordam berish va 
Xukumat ham
da Markaziy bankda maslahatlar o’tkazish 
maqsadida bir necha bor O‘zbekiston Respublikasiga tashrif bilan 
keldi. 
O‘zbekiston Respublikasi va XVF tomonidan iqtisodiy va 
moliyaviy masalalar bo’yicha imzolangan Memorandumda 
respublika iqtisodiyoti islohotini davom ettirish, valyuta bozorini 
erkinlashtirish, xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutani 
ayirboshlash qilinishi ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish 
bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rsatilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Xalqaro 
valyuta fondi bilan hamkorlikni mustahkamlash to’g’risida”gi 
1998 yil 18 martdagi 118 qarori bilan iqtisodiy islohatlarni 
yanada rivojlantirish maqsadida valyuta va savdo tizimini 
yanada erkinlashtirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishga 
atroflicha yondoshishni ishlab chiquvchi ishchi guruxi tuzildi. 
Uning zimmasiga tashqi savdosi tartibga keltirishni yanada 
yaxshilash, birjadan tashkari valyuta bozorini mustahkamlash
valyuta tizimini erkinlashtirish va joriy operatsiyalar bo’yicha 
milliy 
valyutaning 
almashtirishiga 
erishish 
hamda 
bir 
maromdagi almashinuv kursini belgilash, shuningdek XVF bilan 
bundan buyon xamkorlikka yondoshish va uning tamoyillari 
bo’yicha takliflar ishlab chiqish yuklatildi. 


712 
Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan analitik takliflarda 
hozirgi vaqtda amal qilayotgan valyuta va savdo tartiblarining 
o’ziga 
xos 
tomonlari 
ta’kidlanadi, 
shuningdek, 
erkinlashtirishning turli ko’rinishlari (jadallashtirilgan va tadrijiy 
erkinlashtirish) tahlili o’tkaziladi. Bundan tashqari, xujjatda 
xalqaro 
tashkilotlar 
tomonidan erkinlashtirish 
bo’yicha 
tadbirlarni 
moliyaviy 
qo’llab-quvvatlash 
imkoniyatlari 
muhokama etiladi. 
Shu bilan birga erkinlashtirish bo’yicha tadbirlarni amalga 
oshirish qisqa muddatlar ichida bir qator noxush vaziyatlarga, 
shu jumladan, inflyatsiya o’sishiga, pul-kredit va byudjet 
tizimiga qisqa vaqtga bo’lsa ham tazyiq o’tishiga, shuningdek 
ba’zi korxonalarda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar bo’lishiga 
olib kelishi mumkinligi 
ma’qullanadi. Ularni minimallashtirish 
maqsadida 
erkinlashtirish va rasmiylashtirish kursini to’g’rilash 
bilan bir vaqtda, kelishib olingan tartibda pul-kredit va byudjet 
siyosatini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Yuqorida ko’rib o’tilganlardan respublikada yuritilayotgan 
makroiqtisodiy siyosatni hisobga olib, valyuta bozorlarini 
bosqima-
bosqich erkinlashtirish siyosati ma’qul ko’rildi. 
1992 yil sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi 
Jahon bankining teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 1992 yil 2 iyulda 
O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro 
tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro taraqqiyot assosiasiasi, 
Xalqaro 
moliya 
korporatsiyasi, 
Investitsiyalarni 
kafolatlash 
bo’yicha ko’p tomonlama agentlikda O‘zbekiston Respublikasining 
a’zoligi to’g’risida”gi qonuni kuchga kirdi. Hozir Toshkentda Jahon 
bankning vakolatxonasi faoliyat yuritmoqda. 
Jahon bankining mamlakatga ko’mak berish bo’yicha 
mo’ljallangan 
Strategiyasi 
doirasida 
Davlatning 
ustuvor 
yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlash uchun amalga oshirilayotgan 
dasturlar to’plami asosiy 4 yo’nalishga qaratilgan: 
1) 
iqtisodiy o’sish uchun sharoitni yaxshilash; 
2) 
qishloqlarda iqtisodiy o’sish imkoniyatlarini oshirish; 
3) 
aholiga xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish; 
4) atrof-muhitni boshqarish hamda global ommaviy 
ehtiyojlarning taqdim etilishi. 
Hozirgi 
kunda 
mamlakatimizda 
Jahon 
banki 
bilan 
hamkorlikda quyidagi loyihalar amalga oshirilmoqda: 


713 

Qishloq xo’jaligi korxonalarini qo’llab-quvvatlash loyihasi; 

Irrigatsiya infratuzilmalari va drenajlarni rekonstruktsiya 
qilish loyihasi; 

Maktab ta’limini rivojlantirish loyihasi; 

Farg’ona vodiysida suv resurslarini boshqarish loyihasi; 

Samarqand va Buxoro shaharlarida quvurlar tizimi va 
tozalash inshoatlarini rekonstruktsiya qilish loyihasi; 

Sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish 
loyihasi; 

Sirdaryo viloyatida suv ta’minotini yaxshilash loyihasi; 

Talimarjon issiqlik elektr stantsiyasi (IES) qurilishi loyihasi

Sog’liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash loyihasi 
(Salomatlik-3); 

Elektr energiyasidan foydalanishni nazorat qilish va 
hisoblashning avtomatlashgan tizimini joriy etish loyihasi; 

Olot va Qorako’l tumanlarida suv ta’minotini yaxshilash 
loyihasi va boshq. 
Mamlakatimizning Osiyo Taraqqiyot Banki bilan o’zaro 
hamkorlik aloqalari etarli darajada faol rivojlanib bormoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi 1995 yilda Osiyo taraqqiyot bankiga 
(OTB) a’zo bo’lgan. 
O‘zbekistonda OTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 
dastur va loyihalar 4 ta muhim sohalarga yo’naltirilgan. Bular: 

qishloq 
xo’jaligi; 

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish; 

transport va bojxona tranziti sohalarida mintaqaviy 
hamkorlik; 

bolalikni himoya qilish va boshlang’ich ta’limni egallashga 
qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish. 
O‘zbekistonda Osiyo Taraqqiyot Banki bilan amalga 
oshirilgan dasturlar va loyihalar xususan qishloq xo’jaligi, xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish, irrigatsiya, suv resurslarini boshqarish, 
transport va bojxona tranziti hamda bolalikni muxofaza qilishga 
yo’naltirilgan ijtimoiy xizmat ko’rsatish turlari va boshlang’ich 
ta’limni yaxshilash kabi sohalarni qamrab olgan. 
O‘zbekiston 1992 yildan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot 
banki a’zosi hisoblanadi. ETTB O‘zbekistonda xususiy sektorni 
rivojlantirishni qo’llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi eng yirik 
investorlardan biri hisoblanadi. 


714 
ETTB O‘zbekistonda o’z faoliyati ettita yo’nalishini belgiladi. 
Bular quyidagi sohalarni rivojlantirishga qaratiladi: 

moliya sektori va bank infratuzilmasi; 

kichik va o’rta korxonalar; 

bozor infratuzilmasi; 

energetika majmuasi; 

paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa 
tarmoqlari; 

sayyohlik infratuzilmasi; 

tabiiy resurslarni 
o’zlashtirish. 
O‘zbekiston Islom Taraqqiyot bankiga 2003 yil 3 sentyabrda 
a’zo bo’lib kirgan. Ushbu bank tomonidan mamlakatimizda qator 
loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi, jumladan, mintaqaviy 
tez tibbiy yordam markazlarini zarur jihozlar bilan ta’minlash, 
elektr energiyasi uzatish tarmoqlarini qurish, kichik va xususiy 
biznes uchun moliyalashtirish liniya
lari, kollejlar va umumta’lim 
maktablarini qurish va jihozlash, davlat moliyasini boshqarish 
islohotlarini o’tkazishga ko’maklashish va boshqalar. 
Hozirgi kunda Islom taraqqiyot banki tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasida kichik biznesni rivojlantirish, ene
rgetika, sog’liqni 
saqlash, ta’lim kabi sohalarga yo’naltirilgan 11 loyihani amalga 
oshirish uchun 140,22 mln.dollar ajratilgan. 
Shunindek, Islom taraqqiyot banki va O‘zbekiston 
Respublikasi hukumati o’rtasida 14 loyihani o’z ichiga olgan 
xamkorlik dasturi 
ishlab chiqilgan. Mazkur dastur doirasida ta’lim, 
sog’liqni saqlash, infratuzilmani rivojlantirish (suv ta’minoti, uy-joy 
kommunal xo’jaligi va boshq.), energetika, kichik biznesni 
rivojlantirish, qishloq xo’jaligi kabi sohalarni moliyalashtirish 
ko’zda tutilgan bo’lib uning umumiy qiymati 418,15 mln.AQSh 
dollarini tashkil etadi. 
Hozirda Islom taraqqiyot banki O‘zbekiston hamkorlik 
qilayotgan xalqaro moliya institutlari orasida yetakchi o’rinlardan 
birini egallab, mamlakat iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni 
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankiga qisqa 
vaqt oralig’idagi a’zoligi mobaynida, Bank bilan moliyaviy va 
texnik hamkorlik barqaror rivojlanib, ijobiy istiqbollarga ega 
bo’ldi. 
O‘zbekistonga bank tomonidan sog’liqni saqlash, ta’lim, 
irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv ta’minoti, kommunal 


715 
xo’jalik, yo’l infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznesni qo’llab 
quvvatlash kabi sohalarda 15 ta loyihani amalga oshirish uchun 
463,8 million AQSh dollari ajratilgan. 
Yuqoridagilarga asoslangan holda, shuni xulosa qilishimiz 
mumkinki, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon banki, Yevropa Tiklanish 
va Taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Islom 
taraqqiyot banki mamlakatimizda qator istiqbolli loyihalarni 
amalga oshirishda o’zining mablag’larini ajratish bilan faol ishtirok 
etmoqda. Shuningdek, mamlakatimizdagi bir qator investitsion 
loyihalarni amalga oshirishda ham mazkur tashkilotlarning o’rni 
muhimdir. 
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa 
bir davrda xalqaro moliya munosabatlarini yo’lga qo’yish va 
rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 
O‘zbekiston o’zining tinchliksevar, yaxshi qo’shnichilik, o’zaro 
foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun 
dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o’zining munosib o’rnini 
egalladi hamda uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib 
bormoqda. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin