T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə260/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Market-meykerlar 

bu turli valyutalarni bitimlar bo’yicha 
sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga 
oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi. 
Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini 
milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga 
tegmagan holatda chet el valyutalarini o’zlarini kotirovkalarini ham 
amalga oshirishlari mumkin. 
Umuman, ma’lum bir valyutalarni emitenti bo’lgan 
mamlakatlarda shu valyuta bo’yicha market-meykerlar mazkur 
mamlakatda 
joylashgan bo’ladi. Evro bo’yicha yetakchi market- 
meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki bo’yicha esa, 
Shveytsariyadan topish mumkin. 
Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo’yicha valyuta 
kotirovkasini beradilar, shunday bo’lsada, Buyuk Britaniyaning 


696 
keng tarmoqli kliring banklari kabilar o’z mijozlariga keng
ko’lamda kotirovkalarini taklif etadi. 
Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog’liq 
operatsiyalarni tijorat banklarida diling bo’limini o’zi emas, balki 
qo’shimcha bo’limlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan 
valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda 
yoki chet el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga ma’lum bir 
cheklovlar qo’yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday 
cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki 
ko’proq chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo’llaniladi. Agar, 
banklar ushbu (kam qo’llaniladigan) valyutalar bo’yicha 
mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o’zlarining filiallari yoki 
boshqa valyutalard
a pul qabul qilish yoki to’lovni amalga oshirish 
maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar. 
Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash 
mumkin: 
1) yoyilish 
ko’lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta 
bozorlari; 
2) valyutaviy cheklovlarga nisbata
n: erkin va erkin bo’lmagan 
valyuta bozorlari; 
3) valyuta kurslari turiga 
ko’ra: bir rejimli va turli rejimli 
valyuta bozorlari; 
4) 
tashkiliy darajasiga ko’ra: birja va birjadan tashqari valyuta 
bozori. 
Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta 
bozorlarini qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, 
kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro to’lov aylanmasida keng 
foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi. 
Milliy valyuta bozori 
– bu, birinchidan, bir davlatning valyuta 
bozori, ya’ni ushbu davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, 
mazkur 
davlat 
hududida 
joylashgan 
banklar 
tomonidan
mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko’rsatish bo’yicha amalga 
oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat 
bo’ladi. 
Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining 
harakatini ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga 
xizmat qiladi. 
Valyutaning 
konvertirlanishi 
umuman 
ta’minlanmagan 
sharoitda milliy valyuta bozori samarali faoliyat ko’rsata olmaydi. 
Konve
rtirlikka ega bo’lmagan pul birligi faqatgina davlatlararo 


697 
munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi sifatida foydalanilishi 
mumkin. Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs, ya’ni 
xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo’lmagan sharoitdagi bozor 
bahosi shakllanishi mumkin. 
Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz 
amal qilgani holda, erkin bo’lmagan valyuta bozorida valyutaviy 
cheklovlar mavjud bo’ladi. 
Bir rejimli valyuta bozori 
– bu valyuta kursining erkin suzish 
rejimi amal qiladigan bozor bo’lib, undagi kotirovkalar birja 
savdolarida talab va taklif asosida o’rnatiladi. Bunday valyuta 
bozori uzoq yillar mobaynida barqaror iqtisodiy rivojlanishning 
ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va valyutaviy 
nazoratning bozor mexanizmiga xos shakllarini qo’llanishi uchun 
etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi. 
Turli rejimli valyuta bozori 
– bu ko’p pog’onali valyuta kurslari 
rejimiga ega bo’lgan bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning 
kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat 
qiladi va ssuda kapitali bozorining mamlakat iqtisodiyotiga 
nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi. 
Birja valyuta bozori 
– valyuta birjalari ko’rinishida namoyon 
bo’ladigan tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi – bu valyuta va xorijiy 
valyutadagi qimmatli qog’ozlar savdolarini tashkil qiluvchi 
tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni uning faoliyati yuqori 
foyda olishga qaratilmagan. 
Birjadan tashqari valyuta bozo
ri mohiyatiga ko’ra banklararo 
valyuta bozori bo’lib, uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. 
Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi operatsiyalar amalga 
oshiriladi: 

xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari; 

naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta- 
almashuv operatsiyalari; 

forvard operatsiyalari; 

valyuta optsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta 
operatsiyalari. 
Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun vakolatli banklar o’z resurslari va jalb qilingan 
valyuta mablag’laridan foydalanishlari mumkin. 
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo’lib, tashqi 
savdo bo’yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va 


698 
kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi- 
sotdi qilish bilan bog’liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari 
hisoblanadi. 
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun ob’yektiv asos 
bo’lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat 
qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import 
operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo’ladi. 
Valyuta operatsiyalarining keng ko’lamda rivojlanishi tijorat 
banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda 
ularni tartibga solishga imkoni
yat tug’diradi. 
Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat 
shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha 
ehtiyojlarni qondirib bo’lmaydi. Demak, mamlakatlar o’rtasida 
eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining 
ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada 
integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon bo’ladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin