7-mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari



Yüklə 376,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix06.05.2023
ölçüsü376,05 Kb.
#108524
  1   2   3   4   5   6   7   8
7-mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistonda



7-mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi 
xususiyatlari. 
1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy 
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga 
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini 
o‘zgartirishdan iboratdir. 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri – ma’muriy-buyruqbozlik tizimini 
bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini 
shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir. 
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, 
quyidagi uchta asosiy turga bo‘linadi: 
1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li; 
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li; 
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li; 
4) sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish 
mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li (Xitoy, Vetnam). 
Bu yo‘llar turli tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda umumiylik 
mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal 
qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. SHu bilan birga har bir yo‘lning 
o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning 
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi. 
Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yo‘lida 
oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor 
iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi. 
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning 
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan 
erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining 
muhim 
belgisi 
markazlashtirilgan, 
ma’muriy-buyruqbozlikka 
asoslangan 
iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu 
yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor 
iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. SHu bilan birga 
uchinchi yo‘lda bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish 
sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari 
bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning 
mazkur yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlaridir. 
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo‘l bilan, 
ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo‘l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish 
mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan 
iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etilib, «karaxt qilib 
davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni 
bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor 
iqtisodiyotini shikastsiz vujudga keltirish mumkin.Tartibga solinadigan bozor 


iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng 
avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan 
mamlakatlarning milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. SHu boisdan 
bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan 
mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya
Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.
1
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga 
o‘tishning 
zarurligi 
iqtisodiy 
o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish 
imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish 
layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda 
sekinlik bilan moslashib borishi;
2) xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» oqibatida 
samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli 
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, 
chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z 
ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-
tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. 
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining 
o‘zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini 
anglatar ekan, bunday turdagi o‘zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yyo‘nalishlari 
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish.Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining 

Yüklə 376,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin