7-mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari


O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish konseptsiyasi va



Yüklə 376,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix06.05.2023
ölçüsü376,05 Kb.
#108524
1   2   3   4   5   6   7   8
7-mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistonda

4. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish konseptsiyasi va 
strategiyasi.
 
Mamlakatimizda jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini 
bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi shu davrda 
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishningeng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib 
qoldi. 
Mamlakatimizda, 
milliy 
iqtisodiyotni 
islohetish, 
erkinlashtirish 
va 
modernizatsiyaqilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyaqilish borasida 
amalga oshirilayotgan ishlar natijasida inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy 
ta’siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, mustahkam va ishonchli himoya 
vositalari yaratildi. 
Inqirozga qarshi choralar dasturida – belgilangan chora-tadbirlar quyidagi 
beshta asosiy vazifani hal etishga qaratildi. 
Birinchidan – korxonalarni modernizatsiyaqilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni 
keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eks-
portga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga 
tegishlidir. 
Ikkinchidan – joriy konyunktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi 
sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda 
raqobatdosh bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga 
oshirish va eksportni rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha omillar yaratish.
Uchinchidan – qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish 
xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag‘batlantirish hisobidan 
korxonalarning raqobatdoshligini oshirish. 
To‘rtinchidan – elektrenergetika tizimini modernizatsiyaqilish, energiya 
iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish 
choralarini amalga oshirish. 
Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki 
bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-
quvvatlash. Bu vazifani bajarishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini 
kengaytirish katta o‘rin tutadi. Ushbu dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 
barobar ko‘paytirish ko‘zda tutiladi. 
Respublikamizda yaqin istiqbol yillarida ham “izchil yuqori o‘sish sur’at-
larini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini 


oshirish eng muhim ustuvor yo‘nalishimizga aylanishi darkor”
39
Bu davrda 
iqtisodiyot va uningyetakchi tarmoqlarini modernizatsiyaqilish, texnik hamda 
texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish, ishlab 
chiqarishni diversifikatsiyaqilish markaziy o‘rin tutadi. 

Yüklə 376,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin