7-mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistondagi xususiyatlari


barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini



Yüklə 376,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix06.05.2023
ölçüsü376,05 Kb.
#108524
1   2   3   4   5   6   7   8
7-mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri va uning O’zbekistonda

barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini 
keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar 
tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi: 
- xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish; 
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish; 
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish; 
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini 
pasaytirish. 
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. 
Bu yyo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar 
yaratilishi; 
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
1
Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли. Т.: Ўзбекистон, 1993, 23-
бет. 


- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib 
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa 
kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish; 
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish 
va boshqalar.
3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalarni 
qamrab oladi: 
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni 
yaratish; 
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya 
fondlari va h.k.) shakllantirish; 
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish; 
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul qilish va 
boshqalar.
4. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot 
va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni 
yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini 
qayta qurishdan asosiy maqsad – ichki va tashqi bozorlarda to‘lovga qodir talabga 
ega bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat. 
5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda, 
bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti 
barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi. Bu 
yyo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori 
inflyasiya shaklida namoyon bo‘ladi. Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi 
bozor munosabatlarining normal qaror topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun 
uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim hisoblanadi. 
Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini 
cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash 
va boshqalar kiradi. 
6. Bozor xo‘jaligiga mos bo‘lgan aholini ijtimoiy himoyalash tizimini 
shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlamini aniq ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashga o‘tishga yo‘naltirilgan. 
Bozor tizimining ko‘rsatib o‘tilgan asosiy unsurlarini shakllanishining 
yakuniga etishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi. 

Yüklə 376,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin