MAVZU: KICHIK VA O’RTA BIZNES ISTIQBOLI
Reja:
1. Kichik va o’rta biznes
2. Kichik va o’rta biznes istiqboli
1. Kichik va o’rta biznes
Butun dunyoda bozor iqtisodiyoti mexanizmi taraqqiyotning harakatlanuvchi kuchi sifatida o’z samarasini ifoda etmoqda. Bozor mexanizmining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun xususiy mulkchilik, raqobat va tadbirkorlik muhiti mavjud bo’lishi kerak.
O’zbekiston mustaqillikka erishish bilan mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov xususiy tadbirkorlik va uning kichik va o’rta biznes shaklini rivojlantirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratdi. Natijada respublikamizda qisqa vaqt ichida kichik va o’rta tadbirkorlik rivojlanishini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimi shakllantirildi. Birinchi navbatda bu tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoyalovchi huquqiy asos bo’lsa, ikkinchidan, ularning qisqa va uzoq muddatli kredit resurslariga ega bo’lishi, imtiyozli soliqlar belgilanishi, moliyaviy, ijtimoiy, bozor infratuzilmalaridan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratildi. Bu esa ushbu sektorda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xususiy korxonalarning rivojlanishiga yaqindan yordam berdi, raqobat va tadbirkorlik muhiti shakllanishini tezlashtirdi.
Shu bilan birga respublikada milliy iqtisodni yanada erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish dasturining qabul qilinishi kichik, o’rta biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda uni iqtisodiyotda etakchi o’ringa olib chiqish ustivor vazifa qilib qo’yildi. Prezident I.Karimov: «Biz o’z oldimiga kichik, o’rta va xususiy biznesni faqat ichki yalpi mahsulotni ishlab chiqarishda yuqori o’rinni egallashiga erishishimiz, balki aholi farovonligi va daromadlarini o’sishi, ayniqsa kichik shaharlar va qishloq joylarida bandlik muammosining muhim manbai bo’lishi kerakligi haqidagi vazifani qo’yamiz», deb alohida ta’kidlagan.
Bunday vazifani amalga oshirish uchun harakatdagi qonunchilik xujjatlariga tegishli qo’shimchalar kiritildi, kichik biznes korxonalarini qo’llab-quvvatlash tizimlari takomillashtirildi va tadbirkorlik erkinligini himoya qilish chora-tadbirlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Shular tufayli hozirgi kunda respublika xususiy mulk shaklidagi xo’jalik yurituvchi nodavlat korxonalari asosiy o’rin tutmoqda. YA’ni, 2001 yilda respublika bo’yicha ro’yxatga olingan korxonalarning 201,9 mingi yoki 90,5 foizi kichik, o’rta korxonalar va mikrofirmalardir. Ularning shu yilgi yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,8 foizni, shundan kichik va o’rta korxonalar ulushi esa 14,8 foizni tashkil etdi va bu o’tgan 2000 yilga nisbatan mos ravishda 2,8 va 1,7 foizga ko’pdir. Shu bilan birga kichik va o’rta biznes. Хususiy tadbirkorlik sohasida band aholining soni ham muntazam o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich respublika bo’yicha 2001 yil boshiga nisbatan 7,1 punktga yuqoridir. Kichik va o’rta biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash ham muntazam o’sib bormoqda.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, kichik va o’rta biznesning rivojlanishi hali talab darajasida emas. Buning uchun bizning fikrimizcha, davlat tomonidan olib borilayotgan tadbirkorlik muhitini faollashtirish bilan birga kichik va o’rta korxonalar faoliyatining bozor sharoitiga moslashuvini tezlashtirish hamda respublikada makroiqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun kichik va o’rta biznes rivojlanishining ustivor yo’nalishlari o’zgarishini bashoratlarini amalga oshirish lozim.
Bozor iqtisodiyoti xo’jalik faoliyatining asosiy sub’ektlari bo’lib uy xo’jaliklari, biznes tashkilotlari va davlat hisoblanadi. Uy xo’jaliklari biznes tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarni iste’mol qiladi. O’z navbatida davlat institutlari va biznes tashkilotlari, oila a’zolarining tadbirkorlik faoliyatini ta’minlovchi tuzilmaviy tashkilotlar hisoblanadi. Aynan ana shu faoliyat natijasida biznes egalari- uy xo’jaliklari daromad oladilar. Biznes korxonalarining faoliyat ko’rsatish mexanizmiga davlat va uning tashkilotlari turli xil usullar bilan ta’sir ko’rsatib turadi. Ular qatoriga imtiyozli soliqlar, huquqiy kafolatlar, resurslar bozoriga kirishni osonlashtirish, marketing, axborotlar xizmatlarini ko’rsatish, mahsulotlarni to’siqlarsiz bozorlarga chiqarish, imtiyozli kreditlar olish va boshqalar kiradi. Shular bilan birga kichik korxonalarni rag’batlantiruvchi asosiy mexanizm talab va taklif hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, taklif va talab muvozanatini tahlil qilish, korxonalarning faoliyat ko’rsatish mexanizmini aniqroq tasvirlab beradi.
2. Kichik va o’rta biznes istiqboli
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif kichik va o’rta biznes korxonalarini samarali faoliyat olib borishga undaydigan mexanizm sifatida namoyon bo’ldi. Agarda korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bozor talablariga to’liq- javob bersa, demak korxonaning ushbu mahsulotlarni sotishdan oladigan daromadlari o’sib boradi va korxona qo’shimcha kengayish imkoniyatlariga ega bo’ladi. Ikkinchi tomondan, tovarlarning narxi ishlab chiqaruvchilarga bozorda bo’ladigan o’zgarishlar to’g’risida signal bo’lib xizmat qiladi. Tovarlarning bozordagi narxlari oshishi bilan ishlab chiqaruvchilarga raqobat paydo bo’ladi va ular bozorga ko’plab mahsulotlar chiqara boshlaydilar.
Shularni hisobga olib kichik va o’rta biznes korxonalari faoliyati ko’rsatkichlarini ekonometrik modellashtirishning uslubiy asoslari tadqiq qilinadi va ular rivojlanishining modellari ishlab chiqiladi.. Buning uchun iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish usullari va unda qo’llaniladigan yondashuvlar, modellarni tahlil qilish va ularni kichik va o’rta biznes korxonalari faoliyatini tizimli o’rganish va rivojlanishidagi ahamiyati ochib beriladi.
Kichik va o’rta biznes korxonalari ishlab chiqarish, mehnat va moddiy resurslar miqdorlarini hamda foyda va xarajatlar hajmini modellashtirish usullari va ularga mos ishlab chiqarish funktsiyalari tuzishi lozim.
Kichik va o’rta biznes korxonalari ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish vaqtida turli xil resurslar, texnologiyalar, ishchi kuchi va boshqa resurslarni jalb etadilar. Ushbu korxonalar o’zlarining maqsadlariga qarab uzoq va qisqa muddatli oraliqlarda faoliyat ko’rsatadilar. Qisqa muddatli oraliqda korxona ishlab chiqarish quvvatini o’zgartira olmaydi, lekin undan foydalanishni intensivlashtirishi mumkin. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish quvvati ham o’zgaradi. Albatta uzoq va qisqa muddatli oraliqlar, har xil mahsulotlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Shu davrlarda korxonalarning asosiy maqsadi foydaning eng katta hajmiga erishishdan iboratdir. Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi.
, (1)
bu erda - foyda, TR-umumiy daromad, Tayanch so’zlar:- umumiy xarajat.
Shundan kelib chiqib kichik va o’rta biznes korxonalariga foyda, xarajatlar va optimal ishlab chiqarish miqdorini modellashtirish usuli taklif etilishi lozim.
Ishlab chiqarish- bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma’lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Ularni yiriklashgan uch guruhga bo’lish qabul qilingan: mehnat, kapital va materiallar.
Bunday omillar birgalikda olib qaraladigan bo’lsa, ular ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ifodalanadi va ishlab chiqarish funktsiyasi bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik va o’rta biznes korxonalarining chegaralangan resurslardan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil qilishga imkon beradi. Agar omillar majmuasi kapital sarfi, mehnat va materiallardan iborat bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
Q=f(K,L,M), (2)
Bu erda Q- berilgan texnologiyada eng ko’p ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori; K- kapital; L- mehnat; M-materiallar.
Agar ishlab chiqarish funktsiyasi ikkita K(kapital) va L(mehnat) omillariga bog’liq bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagicha yoziladi:
Q= f(K,L). (3)
Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi kapital va mehnat ishlab chiqarish omillariga bog’liq. Masalan, ishlab chiqarish funktsiyasi yordamida non ishlab chiqarish kombinatida mehnat resurslardan va kapitaldan foydalangan holda qancha non mahsulotini ishlab chiqarish mumkinligini ifodalash mumkin, yoki qishloq xo’jalik korxonasining berilgan mehnat resurslaridan va texnikadan foydalangan xolda ma’lum vaqt oralig’ida qancha mahsulot ishlab chiqarishini ifodalash mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish ko’proq qo’l mehnatiga asoslangan bo’lsa u xolda ishlab chiqarish funktsiyasini faqat sarflangan mehnatga bog’liq ravishda yozish mumkin: Qqf(L) Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko’proq kapital sig’imiga ega bo’lsa, ishlab chiqarish funktsiyasini Qqf(K) ko’rinishida yozish mumkin.
Ta’kidlash joizki, 2 va 3 tenglamalar ishlab chiqarishning ma’lum texnologiyasida qo’llanilishi mumkin. Agar texnologiya o’zgarsa, ya’ni yangi texnologiya qo’llansa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi resurslar hajmi o’zgarmaganda ham o’sishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda kichik korxonalarda ishlab chiqarish mehnat va kapital sarfiga, mehnat sarfi o’zgarmas bo’lib, u faqat kapital sarfiga bog’liq bo’lgan hamda texnologiyalar takomillashuvining ishlab chiqarish hajmlariga ta’sirini modellashtirish usullari asoslangan va ular non mahsulotlari, mebel va boshqa turdagi ishlab chiqarishlarning optimal hajmlarini aniqlash orqali sinab ko’rish kerak.
Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida milliy iqtisodning barcha tarmoqlarida ko’plab kichik va o’rta biznes korxonlari vujudga kelmoqda. Ushbu korxonalar aholi daromadlarini oshirish bilan ularning bandligini ta’minlashda, ichki iste’mol bozorini zarur tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishda, iqtisodiy o’sishni ta’minlashda muhim rol o’ynamoqdalar. Shularni hisobga olib kichik va o’rta biznesning ustuvor yo’nalishlari bo’lgan korxonalar sonini oshirish, iqtisodiy raqobatni ta’minlash, bu sohaga investitsion resurslarni jalb qilish, turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish respublikamiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida ularning ulushini oshirish kabi ko’rsatkichlarni bashorat qilishning ekonometrik modellari ishlab chiqilgan.
Ushbu modellar asosida respublikada kichik va o’rta biznes rivojlanish istiqbollari bashorati natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |