Xalqaro amaliyotda valyutalarning quyidagi turlari mavjud:
1
Erkin ishlatiladigan valyuta (freely usable currency) – to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limida valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan mamlakatlarning milliy valyutalari.
2
Qattiq valyuta (hard currency) – iqtisodiy va siyosiy jihatdan barqaror hisoblangan mamlakatlarning almashuv kursi barqaror bo‘lgan valyutalari.
3
Yumshoq valyuta (soft currency) – xalqaro miqyosda to‘lov vositasi vazifasini bajara olmaydigan, ya’ni tashqi konvertirlikka ega bo‘lmagan valyutalar.
4
Xalqaro rezerv valyutalar (reserve currency) – dunyoning barcha mamlakatlarida xalqaro to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan etakchi valyutalar.
Valyuta so‘zi italyancha valuta so‘zidan olingan bo‘lib, qiymat degan ma’noni anglatadi.
1. Milliy valyuta tushunchasining mazmuni
Etakchi valyutalarga “xalqaro rezerv valyuta” degan maqomni Xalqaro valyuta fondi (XVF) ekspertlari beradi.
XVF mezonlari bo‘yicha, xalqaro rezerv valyuta deganda davlatlarning xalqaro zaxiralari nominali aks ettiriladigan valyuta tushuniladi.
XVF tomonidan hozirgi kunda AQSh dollari (USD), evro (EUR), Buyuk Britaniya funt sterlingi (GBP), Yaponiya (JPY) ieni va Shveytsariya franki (CHF), Xitoy (CNY) yuani xalqaro rezerv valyuta maqomi berilgan
1. Milliy valyuta tushunchasining mazmuni
Xalqaro rezerv valyutalar kurslarining nobarqarorligi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki, milliy valyutamiz-so‘mning nominal almashuv kursi asosiy rezerv valyuta bo‘lgan AQSh dollariga nisbatan aniqlanadi.
Demak, AQSh dollari kursining barqaror emasligi bevosita so‘mning nominal almashuv kursining barqarorligiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shu sababli, xalqaro rezerv valyutalarning almashuv kurslarini nobarqaror emasligini hisobga olgan holda, fikrimizcha, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘mning nominal almashuv kursi barqarorligini ta’minlash maqsadida uning valyuta kursini AQSh dollari, evro va Yaponiya ienidan tashkil topadigan “valyuta savati”ga nisbatan aniqlashni joriy qilish lozim. Buning natijasida so‘mning nominal almashuv kursining tebranish diapazoni sezilarli darajada qisqaradi.