Valyuta kursi (exchange rate) bir mamlakat pul birligining ikkinchi bir mamlakat valyutasiga nisbatan bahosi hisoblanadi.
Valyuta kursining o‘zgarishi mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o‘zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Milliy valyuta kursini amaldagi zamonaviy talablar va qonunchilik me’yorlariga mos ravishda o‘rnatish tartibi valyuta kotirovkasi (currency quotation) deyiladi. Jahon amaliyotida 2 xil turli valyuta kotirovkalaridan foydalaniladi.
1
Xorijiy valyuta birligining ma’lum miqdordagi milliy valyutaga tenglashtirilishi to‘g‘ri kotirovka deyiladi. Masalan, O‘zbekistonda 1 AQSh dollari (USD) 12200 so‘m (UZS) etib belgilanishi (UZS/USD), yoki AQShda 1 evro (EUR) ma’lum miqdordagi AQSh dollari(USD)ga tenglashtirilishi (USD/EUR) to‘g‘ri kotirovka hisoblanadi. To‘g‘ri kotirovka jahonning ko‘p mamlakatlarida ko‘llaniladi
2
Agar milliy valyuta birligining ma’lum miqdordagi xorijiy valyutaga tenglashtirilsa teskari kotirovka deyiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada 1 funt sterling (GBP) ma’lum miqdordagi AQSh dollari(USD)ga tenglashtirilishi (USD/GBP), teskari kotirovka hisoblanadi
To‘g‘ri va teskari kotirovkalar orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud: S(UZS/USD) = 1/S(USD/UZS)
Turli anglashilmovchiliklarni sodir etmaslik uchun mavzuga tegishli keyingi holatlarni izohlashda to‘g‘ri kotirovkadan foydalanamiz. 3
valyuta kursining eng kichik ko‘rsatkichi “punkt” va kross-kurs tushunchasi
Ma’lum bir davriy oraliqda, belgilangan tartibda aniqlangan valyuta kursining eng kichik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq “punkt” deb yuritiladi. Masalan, 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 12236,66 so‘mdan 12243,49 so‘mga ortsa, valyuta kursi mazkur holat bo‘yicha 683 punktga ortgan bo‘ladi.
Xalqaro hisob-kitoblarda kross-kurslardan keng foydalaniladi. Kross-kurs uchinchi valyuta (USD) orqali ikki valyuta (UZS, JPY, GBP) o‘rtasidagi kursni aniqlashdir.
Kross-kurslar ikki xil usulda aniqlanadi. Bunda bazaviy valyuta (USD va h.k.) va kotirovka qilinayotgan valyutalar(UZS, JPY, GBP va h.k.)dan foydalaniladi. Ya’ni valyuta kursidagi 1 birlikka teng valyuta bazaviy, boshqa ma’lum qiymatga teng valyuta esa, kotirovka qilinayotgan valyutadir. Masalan, 1 USD (bazaviy) = 12200 UZS (kotirovka qilinayotgan), yoki 1 GBP (bazaviy) = 1,4 USD (kotirovka qilinayotgan)