Ma’lum bir tovarlar narxlari darajasi o‘rniga foizlarda, yoki koeffitsentlarda ifodalangan mamlakatlarning iste’mol narxlari indeksi (consumer price index, CPI)ni, yoki inflyatsiya darajasini tegishli ravishda ko‘ysak, mamlakatlar bo‘yicha real valyuta kursini hisobgan bo‘lamiz.
Masalan, A mamlakatda nominal valyuta kursi o‘sib borayotgan bir sharoitda real valyuta kursi tushib borayotgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni, 1 oy davomida A mamlakatda inflyatsiya darajasi 8.5%, B mamlakatda 0.4%, nominal valyuta kursi esa, B mamlakat bir pul birligining A mamlakat pul birligiga nisbatan bahosi 4700 dan 5000ga, xususan valyutasining qadri 6.4% ((5000*100/4700)-100)ga tushganligi kuzatilgan bo‘lsa, real valyuta kursi 1.6% (100-(4626.73*100/4700))ga ortgan.
Real valyuta kursi, nominal valyuta kursi va xorijiy mamlakatlardagi iste’mol narxlari indeksiga to‘g‘ri, milliy iqtisodiyotdagi iste’mol narxlari indeksiga esa teskari proportsional ravishda o‘zgaradi.
Valyutalarning xarid qobiliyati pariteti (purchasing-power parity (PPP)) asosida hisoblangan valyuta kursi – turli mamlakatlardagi sifati, miqdori va boshqa xususiyatlari bir xil bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarning milliy valyutada ifodalangan qiymatni o‘zaro tenglashtirish orqali aniqlanadigan valyuta kursidir.
Masalan, O‘zbekistonda 1 kg oliy sortli bug‘doy unining narxi 2200 bo‘lsa, xuddi shunday sifatli va sortli bug‘doy unining narxi AQShda 1 dollar bo‘lsa, unda valyutalarning xarid qobiliyati bo‘yicha kursi 1 USD = 2200 UZS bo‘ladi. Valyutalarning xarid qobiliyati pariteti va bozor kurslari o‘zaro bir-biridan farq qilishi mumkin
Valyutalarning xarid qobiliyati bo‘yicha kurslar odatda, iste’mol savati tovarlari narxlari bo‘yicha hisoblanadi, ya’ni:
Bu erda, – A mamlakat iste’mol savatidagi tovarlar va xizmatlarning jami bahosi; – B mamlakat iste’mol savatidagi tovarlar xizmatlarning bahosi.