1. Ma’lum ikki valyuta kursining bazasi bir xil valyuta bo‘lsa, bunda ushbu kurslarning o‘zaro nisbati orqali uchinchi valyuta kursi topiladi. Masalan, 1 AQSh dollariga 2200 so‘m (UZS/USD) yoki 150 Yapon yenasi (JPY/USD) almashtirib berilsa, unda 150 JPY = 2200 UZS bo‘ladi va bundan 1 JPY = 14,67 UZS kelib chiqadi, ya’ni 1 JPY/UZS = 14,67 yoki 1 = 14,67 UZS/JPY
Shunday qilib, 1 holat bo‘yicha: Kross kurs (UZS/JPY) = = UZS/JPY
kross-kursni aniqlash, 2-usul
2. Kross kursni topish uchun ishlatiladigan uchinchi valyuta ma’lum ikki valyuta kursining birida bazaviy ikkinchisida kotirovka qilinayotgan valyuta bo‘lsa, bunda ushbu kurslarni o‘zaro ko‘paytirish orqali uchinchi valyuta kursi topiladi. Masalan, 1 AQSh dollari 2200 so‘m (UZS/USD) va 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 1,4 AQSh dollari (USD/GBP) bo‘lsa, unda 1 GBP = 1,4 * 2200 UZS bo‘ladi va bundan 1 GBP = 3080 UZS kelib chiqadi, ya’ni 1 GBP/UZS = 3080 yoki 1 = 3080 UZS/GBP
Shunday qilib, 2 holat bo‘yicha: Kross kurs =
Spot kurs (spot rate) va Forvard (muddatli) valyuta kursi (forward rate)
Spot kurs (spot rate) – valyuta oldi-sotdi bitimini tuzish paytida belgilangan, valyuta bozoridagi talab va taklif asosida shakllangan, joriy valyuta kursi bo‘lib, bu kurs bo‘yicha tuzilgan bitimlarda uning ishtirokchilari kelishilgan valyutalarni qisqa vaqt (bitim tuzilgan kundan boshlab 2 ish kuni) ichida etkazib berishni o‘z zimmalariga oladilar.
Forvard (muddatli) valyuta kursi (forward rate) – kelajakda, odatda, 2 ish kunidan ortiq muddatda valyutalarni o‘zaro ayirboshlash uchun foydalaniladigan, joriy valyuta kursi asosida belgilangan muddat uchun taxminiy hisoblangan valyuta kursidir. Shartnomada belgilangan muddat kelganda, bitimda ko‘rsatilgan kursdan joriy kurs farq qilsa, bundan bir tomon foyda oladi, boshqa tomon esa, zarar ko‘radi.