Valyuta tizimi va uning elementlari Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish Valyuta kursi va uning turlari



Yüklə 54,12 Kb.
səhifə1/8
tarix15.06.2023
ölçüsü54,12 Kb.
#130585
  1   2   3   4   5   6   7   8
VALYUTA TIZIMI


VALYUTA TIZIMI

  1. Valyuta tizimi va uning elementlari

  2. Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish

  3. Valyuta kursi va uning turlari


Valyuta tizimi va uning elementlari
Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishida mamlakatlar o‘rtasida xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xalqaro bozorlarning paydo bo‘lishi, xo‘jalik yuritishning xalqaro tizimini shakllanishi va xalqaro iqtisodiy aloqalarning globallashuvi hamda internatsionallashuvi asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro valyuta munosabatlari xalqaro ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq. Xalqaro takror ishlab chiqarish va valyuta munosabatlari o‘rtasida bevosita va qarama– qarshi aloqa mavjud bo‘lib, ular xalqaro daromadli tovarlar, moliyaviy kapital va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida namoyon bo‘ladi. Mamlakatlar o‘rtasida valyuta munosabatlarining holati milliy va xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy muhit, shuningdek, boshqa qator omillar bilan baholanadi. Xalqaro iqtisodiyotning globallashuvi va internatsionallashuvi sharoitida ichki ishlab chiqarish jarayonlar tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Jumladan, xalqaro ishlab chiqarish, savdo, fan va texnika taraqqiyoti, xorijiy kapitalning migratsiyasi kabi boshqa jarayonlar valyuta munosabatlari orqali tartibga solib boriladi. Xalqaro valyuta munosabatlarining zaiflashuvi, jahon moliyaviy inqirozlari mahalliy va xalqaro darajadagi takror ishlab chiqarish jarayoniga salbiy tasir ko‘rsatadi. Mamlakatlar o‘rtasida xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar – ning rivojlanishi xalqaro valyuta munosabatlarining shakllanishi va mazmunan rivojlanib, takomillashib borishiga zamin yaratdi. Bu o‘z navbatida valyuta tizimini shakllanishiga xizmat qildi.
Valyuta tizimi – valyuta munosabatlarini tashkil etish va tartibga solish shakli bo‘lib, mahalliy qonunchilik yoki xalqaro kelishuv asosida mustahkamlanadi. Xalqaro iqtisodiy adabiyotlarda – milliy, xalqaro va hududiy valyuta tizimlari mavjudligi e’tirof etiladi. Dastlab milliy valyuta tizimlari vujudga kelgan. Milliy valyuta tizimlari xalqaro amaliyotdagi normalarni inobatga olgan holda mahalliy qonunchilik hujjatlari asosida tartibga solinadi. Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimini tashkil etib, erkin ravishda mamlakat hududidan o‘zga hududlarda to‘lov vositasini bajarishi mumkin. Buning uchun qator omillar mavjud bo‘lishi lozim. Xususan, milliy iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi taminlangan bo‘lishi, milliy valyutani sotib olish qobiliyati mustahkam bo‘lishi, mamlakat jahon xo‘jaligida yuqori mavqei va reytingga ega bo‘lishi kabilar shular jumlasidandir. Xalqaro valyuta tizimining vujudga kelishining asosini mamlakatlarning milliy valyuta tizimi tashkil etadi va mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvlar asosida mustahkamlanadi. Dastlabki xalqaro valyuta tizmining vujudga kelishi 1850 yillarga to‘g‘ri keladi. Xalqaro valyuta tizimining barqaror samarali amal qilishi, uning tegishli tamoyillariga rioya etilishi, mamlakatlar o‘rtasida siyosiy iqtisodiy barqarorlik ta’minlanishini talab etadi, aks holda xalqaro valyuta tizimi vaqti-vaqti bilan inqirozga uchraydi, buning natijasida amaldagi valyuta tizimi barham topib, uning o‘rniga yangisi tashkil topadi. Milliy va xalqaro valyuta tizimining amal qilishi, ularning elementlarida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 54,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin