26.5.
To’lov balansi va uni tartibga solish yo’llari
Mamlakat to’lov balansining holati bugungi kunda nafaqat
mamlakatning xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat,
balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning
iqtisodiy-geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin-valyuta
zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada
ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida aniq xulosalar
shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
To’lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning
xorijiy davlatlar bilan bo’ladigan aloqalari natijasida yuzaga
keladigan valyuta tushumlari va to’lovlarining haqiqatdagi
summasi aks ettiriladi. To’lov balansi – ma’lum vaqt oralig’ida
rezidentlar va norezidentlar o’rtasidagi barcha o’tkazmalarning
o’lchovidir.
To’lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning
ikki asosiy guruhi bo’yicha ajratilishi mumkin:
– joriy operatsiyalar hisobvarag’i, unda tovarlar, xizmatlar,
olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy
bitimlar hisobga olinadi;
699
– kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq
operatsiyalar hisobvarag’i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy
aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va
majburiyatlar bilan bog’liq operatsiyalar hisobga olinadi.
Iqtisodiy adabiyotl
arda to’lov balansi moddalarining uch
asosiy analitik guruhlari ajratib ko’rsatiladi:
1) savdo balansi;
2) joriy operatsiyalar balansi;
3)
umumiy to’lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi.
Joriy operatsiyalar hisobvarag’ining muhim tarkibiy qismi –
bu savdo
balansi bo’lib, tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi
farqni ifoda etadi. Savdo balansining o’zgarishi turlicha talqin
qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi
mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan
izohlanadi. Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport
tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy
tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish
mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi.
Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport
tovarlarining etarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi
turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko’rish
lozimligidan dalolat berishi mumkin. Bunday tahlil agar savdo
balansidagi o’zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo’lgan
talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga
muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri
ham sezilarli bo’lishi mumkin. Jumladan, qulay investitsion muhit
mamlakatga xorijiy in
vestitsiyalar oqimini rag’batlantirish bilan
birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham
ortishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi
defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin
salbiy ta’sir ko’rsatmaydi.
Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o’zida jamlab,
tovar va xizmatlar harakati bilan bog’liq aktivlar oqimini aks
ettiradi. Joriy operatsiyalar bo’yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va
xadyalar harakati bo’yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi.
Boshqacha
aytganda,
ijobiy
saldo
mamlakat
boshqa
mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy
operatsiyalar bo’yicha defitsit mamlakatning sof qarzdor
ekanligidan dalolat beradi.
700
Merkantilistlar
iqtisodiy
maktabining
kontseptsiyasiga
muvofiq, muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida
aniqlangan. Bunda ta’kidlab o’tilgan saldo kapitallar harakati,
mamlakat oltin-
valyuta zaxiralaridagi o’zgarishlarni hisobga
olmagan. Shunday qilib, merkantilist maktabi namoyondalari
fikricha, iqtisodiy siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar
hisobvarag’i bo’yicha ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning
asosida, mamlakatda oltinning jamlanishiga erishishdan iborat
bo’ladi.
Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy
kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida
to’lov balansining umumiy saldosi tushunchasining paydo
bo’lishiga olib keldi.
To’lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning
zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, to’lov balansiga muvozanatsizlik xos bo’lib, bu
holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko’rinishida
namoyon bo’ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga,
kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbi
y ta’sir
ko’rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy
valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga
eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar
ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70-yillarida Bretton-
vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi.
Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standarti
joriy qilingandan so’ng, to’lov balansini muvozanatlashtirishning
baho mexanizmi ish bermay qo’ydi. Shu sababli ham, to’lov
balan
sini davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi
maqsadga muvofiq bo’lib qoldi.
Uchinchidan,
xo’jalik
aloqalari
tobora
globallashib
borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solish tizimida to’lov balansining roli borgan sari ortib bormoqda.
To’lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi — davlatning
barqaror iqtisodiy o’sishini ta’minlash, inflyatsiyani jilovlab turish
va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof
etilmoqda.
To’lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha
ichki va tashqi omillarning to’lov balansiga ta’sirini baholashni
taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo’lgan davlatlar, xalqaro hisob-
701
kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni
mavjud
bo’lishidan manfaatdor bo’ladi.
Defitsitli to’lov balansiga ega bo’lgan davlatlar esa, aktiv
balansga ega bo’lgan o’z hamkorlaridan import bo’yicha
cheklovlarni
kamaytirish,
mazkur
mamlakatlarga
kapital
chiqarilishini rag’batlantirish kabilarni talab qiladi.
To’lov balansida defitsit mavjud bo’lgan davlatlar tomonidan,
eksportni
rag’batlantirish,
import
qilinayotgan
tovarlarni
kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib
ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo’llaniladi:
Deflyatsion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga
yo’naltirilgan holda, o’z ichiga byudjet mablag’larini aholi
ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish
kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo’lib,
moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini
kamaytirish, Mark
aziy bankning hisob stavkalarini o’zgartirishi
(diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o’sib
borishiga chegara qo’yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori
ko’rsatkichi va to’la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari
sharoitid
a deflyatsiya siyosatini qo’llash, ishlab chiqarish va
bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining
turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatib, vaziyatni
yumshatish bo’yicha tezkor chora-tadbirlar qo’llanilmasa, ijtimoiy
nizolar keltirib chiqarishi mumkin.
Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu
tadbir milliy eksportni rag’batlantirish va importni jilovlash bilan
bog’liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to’lov balansini
tartibga solishda devalvatsiyanin
g roli, uni o’tkazish tartiblari va
ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va
moliyaviy siyosatiga bog’liq bo’ladi. Devalvatsiya faqatgina,
raqobatbardosh
tovarlarning
eksport
salohiyati
va
jahon
bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar
eksportini rag’batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni
cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash bo’yicha
keskin choralar qo’llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib
chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma
mamlakatlarda ham import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab
chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi.
Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida
702
tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning
ko’tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik
qobiliyatining yo’qolishiga olib keladi. Shuning uchun, bu tadbir
mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u
to’lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to’liq
bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun,
devalvatsiya etarli darajada bo’lishi zarur. Aks holda, u valyuta
spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko’rib
chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt
sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89
foizga devalvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bo’lgan
spekulyativ tazyiqni yo’q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga
oshirgan mamlakat, raqobatda o’zi kutgan ustuvorlikka ega bo’la
olmasligi mumkin. Chunki, suzib yuruvchi kurs rejimining
qo’llanilishi
to’lov
balansini
muvozanatlashtirish
imkonini
bermasligi mumkin.
Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning
xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy
valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga
oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus
ruxsatnomaga ega bo’lgan banklarda amalga oshirilishi hamda
to’lov balansidagi defitsitni kamaytirish maqsadida, kapital
eksportini chega
ralash va uning oqib kelishini rag’batlantirish,
tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig’indisi
sifatida ham e’tirof etiladi. XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarining
boshlarida joriy operatsiyalar bo’yicha yuritilayotgan siyosatning
erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega
bo’lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida kapitallarning xalqaro
harakatida turli xil cheklovlar mavjud bo’lgan. EIning ko’pchilik
davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina o’tgan asrning 90-yillariga
kelib bekor qildi.
Moliya va pul
–kredit siyosati. To’lov balansidagi defitsitni
bartaraf
etish
maqsadida
eksport
qiluvchilarga
byudjet
subsidiyalari beriladi, protektsionistik maqsadlarda import bojlari
oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishin
i rag’batlantirish
maqsadida qimmatli qog’ozlar egasi bo’lgan xorijliklardan
olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng
foydalaniladi.
|