Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifa-larni
bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun
Davlat byudjetidan mablag’ ajratish ko’zda tutilgan va bu mablag’
moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat
qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Byudjetdan tashqari (nobyudjet) fondlar – a) ijtimoiy:
ijt
imoiy sug’urta fondi; pensiya fondi; bandlik fondi; majburiy
tibbiyot sug’urtasi fondi, b) noijtimoiy: yo’l fondi; ekologiya va
boshqa maqsadli fondlardan iborat bo’lib, ularning barchasi
byudjet tizimida konsolida-tsiyalanadi.
Byudjet tuzilmasi – byudjet tizimi tuzilishini tashkil etish va
printsiplarini, uning tarkibiy tuzilmasini, ular alohida bo’g’inlari
o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi. Davlat tuzilishi bilan
aniqlanadi. O‘zbekston Respublikasining byudjet tuzilmasi a)
Davlat byudjeti; b) res
publika byudjeti hamda v) Qorqalpog’iston
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi.
Davlat byudjeti tarkibida davlat maqsadli fondlari jamlanadi.
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
byudjeti
Qoraqalpog’iston
Respublikasining respublika byudjetini hamda respu-blikaga
(Qoraqalpog’istonga) bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar
byudjetlarini, viloyatning byudjeti viloyat byudjetini va viloyatga
bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini, tumanlarga
bo’linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar
tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetini, tumanga bo’ysunuvchi
shag’arlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va
tumanga bo’ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o’z ichiga oladi.
Byudjet tizimi – turli darajadagi byudjetlar va byudjet
mablag’lari oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va
ularni tuzish printsiplarini, byudjet jarayonida ular o’rtasida,
shuningdek byudjetlar hamda byudjet mablag’lari oluvchilar
o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlarni ifodalaydi.
Mamlakatning
butun
hududida
amal
qiladigan,
iqtisodiy
munosabatlar va yuridik normalarga asoslangan barcha
722
byudjetlarning majmui. Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston
Respublikasi va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi.