724
Birja solig’i
- birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan soliq.
Proportsional stavkalar bo’yicha olinib,
uning darajasi bitimlar
summasiga nisbatan 1%dan 2,5% gacha tebranadi. Uning soliqqa
tortish ob’yekti bo’lib, fond birjasidagi qimmatbaho qog’ozlar
oboroti (aylanmasi) hisoblanadi. Soliqqa tortishda asos sifatida
qimmatbaho
qog’ozlar
bo’yicha
bitimlarning
imzolanishi
maydonga chiqadi. Soliqning ikki xil ko’rinishi bo’lishi mumkin: a)
birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan respublika solig’i. Uning
soliqq
a tortish ob’yekti – fond birjasidagi qimmatbaho qog’ozlar
oboroti (aylanmasi)ning hajmi. Soliq
respublika byudjetiga borib
tushadi; b) birja mahalliy solig’i. Bu birjada sodir bo’ladigan
qimmatbaho qog’ozlar bitimi bo’yicha yig’imdan iboratdir.
Biriktirilgan daromadlar
– o’zlarining tegishli byudjetga
biriktirilganligiga qarab to’liq yoki qat’iy
belgilangan hissada
(foizda) doimiy ravishda yoki ma’um bir muddat davomida u yoki
bu byudjetga tushuvchi daromadlar (soliqlar).
Boqimanda
–
belgilangan
muddatda
byudjetga
o’tkazilmagan va so’zsiz undirilishi lozim bo’lgan soliq yoki
boshqa majburiy to’lovning summasi.
Bojxona bojlari
-
ma’lum
bir mamlakatning hududiga
mahsulotlarni kiritish, undan chiqarish va olib o’tishda
undiriladigan iste’mol soliqlaridan biri. Ularning asosiy maqsadi
daromad olish bo’lmasdan,
balki ichki bozorni, milliy sanoatni va
qishloq xo’jaligini himoya qilishdir. Davlat iqtisodiy (moliya-soliq)
siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi. Import
qilinadigan mahsulotlarning bahosi
bilan ichki bozordagi xuddi
shunga o’xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi lozim.
Odatda, mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim
hollarda, maxsus me’zonlar (masalan, og’irlik, maydon) ham
qo’llanilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: