Daromad solig’i bo’yicha jarimalar – ushbu soliq
to’lanmaganda, noto’liq to’langanda yoki to’lash tartibi buzilganda
(rioya q
ilinmaganda), pulni undirish, moddiy ta’sir ko’rsatishdan
iborat. O‘z vaqtida ushlab qolinmagan, noto’liq ushlangan yoki
tegishli byudjetga o’tkazilmagan soliq summalari jismoniy
shaxslarga
daromad
to’laydigan
korxona,
tashkilot
va
muassasalardan undirishg
a mo’ljallangan summaning 10%
hajmidagi jarimani birgalikda qo’shib, soliq organlari tomonidan
so’zsiz undirib olinadi. Korxona, tashkilot, muassasalar va
tadbirkor sifatida qayddan o’tgan jismoniy shaxslardan soliq o’z
vaqtida tegishli byudjetga o’tkazilmasa, har bir kechiktirilgan kun
uchun to’lov muddatidan keyingi kundan boshlab to’langan
kungacha (bu kun ham qo’shiladi) 0,5% miqdorida penya
undiriladi. Penyaning undirilishi ularni javobgarlikning boshqa
turlaridan ozod etmaydi.
Daromadiy (daromadli) soliqqa tortish – daromadlarning
olinish vaqtida undiriladigan daromad soliqlari tizimi.
Daromadlardan olinadigan soliq – foyda solig’idan
tashqari aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog’izlar
bo’yicha (davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatbaho
qog’ozlari bo’yicha olingan daromadlardan tashqari) olingan
dividentlar
va
foizlardan,
kazinolar,
videosalonlarning
daromadlaridan, o’yin avtomatlarining daromadlaridan, ommaviy
kontsert-
tomosha tadbirlarini o’tkazishdan olingan daromadlardan
korxona va tashkilotlar tomonidan
to’lanadi.
Dividentlar – taqsimlashga mo’ljallangan aktsionerlarning
sof foydasi (daromadi); aktsionerlik jamiyati yoki korxona sof
foydasidan har bir aktsiya uchun aktsionerlarga ma’lum davrdan
so’ng (har yili, ayrim hollarda – har chorakda) to’lanadigan
daromad.
Dotatsiya – davlat byudjetidan qaytarilmaydigan tartibda
beriladigan pul mablag’lari, zarar (ziyon)larni qoplash uchun
korxona va tashkilotlarga beriladigan davlat nafaqalari. Zarar
(ziyon)lar korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra vujudga
kelgan paytda istisno tariqasida dotatsiya berilishi mumkin.