729
aktining davlat qaydidan o’tkazilganligi va tegishli organlar
tomonidan hujjatlarning berilganligi uchun davlat boji olinadi.
Uning miqdori yuridik harakat va beriladigan hujjatlarning
xarakteriga bog’liq.
Davlat qarzi
– davlat tomonidan ichki mablag’ni va xorijdan
mablag’ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston
Respublikasi majburiyatlarining yig’indisi. Bir
tomondan, davlat va
ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar. Bunda davlat qarz oluvchi sifatida
maydonga chiqadi.
Davlat ichki qarzlari
– davlat tomonidan ichki mablag’ni jalb
qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston
Respublikasi
majburiyatlarining yig’indisi. Oldin
chiqarilgan va hozirgi
vaqtgacha foizlari bilan qaytarilmagan (uzilmagan) davlat
qarzlarining (zayomlarining) butun summasi.
Davlat maqsadli fondlari
–
Davlat byudjeti tarkibida
jamlantiriladigan fondlar bo’lib, ularning har biri uchun mablag’lar
manbalari, har bir manbadan mablag’ tushish normalari va
shartlari, shuningdek shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin
bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Aniq
maqsadlarga mo’ljallangan pul fondlari. Aholiga taqdim etiladigan
sotsial xizmatlarning ko’lamini
kengaytirish, infrastrukturaning
qoloq tarmoqlari rivojlanishini rag’batlantirish, iqtisodiyot ustuvor
t
armoqlarini qo’shimcha resurslar bilan ta’minlash
bu fondlarning
maqsadidir. Bu fondlar Pensiya fondi, Respublika yo’l fondi,
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash
davlat qo’mitasining maxsus fondi (hisob varag’i), Ish bilan
ta’minlashga ko’maklashish davlat fondidan iboratdir.
Ularning
daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik uzilishni
(etishmovchilikni) qoplash uchun davlat maqsadli fondlariga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaroriga
binoan respublika byudjetidan byudjet dotatsiyalari va ssudalari
ajratilishi mumkin. Davlat maqsadli fondlariga tushgan daromadlar
xarajatlardan oshgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ortiqcha summa yilning har
bir choragi yakunlari bo’yicha respublika byudjetiga to’liq yoki
qisman olib qo’yilishi mumkin.