Davlat valyuta monopoliyasi - valyuta boyliklari (valyutaviy
boyliklar)
bilan
operatsiyalarni
amalga
oshirish
yoki
operatsiyalarni amalga oshirishni ma’lum organlar, korxonalar,
firmalar
zimmasiga
o’tkazishga ruxsat berish, valyutaviy
mablag’lardan foydalanish tartibini belgilash bo’yicha davlatning
tanho huquqi. Valyuta operatsiyalarini reglamentatsiya (tartibga
solib turish) qilishni, valyutaviy mablag’lardan foydalanish ustidan
nazoratni
amalga
o
shirishni
va
ularning
qo’llanilish
samaradorligini oshirish bo’yicha choralar ko’rishni taqoza etadi.
Daromadlar to’g’risida deklaratsiya – o’tgan davr
mobaynida olingan daromadlar, mulklar va ularga tegishli bo’lgan
soliq chegirmalari hamda imtiyozlari to
’g’risida soliq to’lovchining
rasmiy arizasi. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda asosiy
moliyaviy hujjat bo’lib, ulardan olinadigan daromad solig’ining
hajmini aniqlash uchun fuqarolarning daromadlari unda qayd
etiladi.
Daromad solig’ining shedulyar shakli - daromadning
manbaini inobatga olgan holda uning qismlarga (shedullarga)
bo’linishini taqoza etadi. Dastlab, Buyuk Britaniya soliq tizimida
qabul qilingan. Unga ko’ra har bir shedul o’ziga xos tarzda soliqqa
tortiladi. Bunday tartib daromadni o’zining manbai oldida “tutish”ni
maqsad qilib qo’yadi. Mamlakatda bu sohada oltita shedul amal
qilib, ularning ayrimlari yana ichki taqsimlanishga ham ega.
Masalan, “A” shedul o’z tarkibiga mulkdan olinadigan
daromadlarni (erga mulkchilikdan, bino va inshootlarga egalikdan,
uy yoki xonani ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni), “V”
shedul tijoriy maqsadlar uchun foydalaniladigan o’rmon
massivlaridan olinadigan daromadlarni, “S” shedul davlat
qimmatbaho qog’ozlaridan olinadigan daromadlarni, “D” shedul
tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigaen daromadlarni (bu
shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko’p turlari kirganligi
uchun uning o’zi yana olti qismga bo’linadi), “E” shedul ish haqi,
pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlarini va nihoyat,
“F”
732
shedul Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to’lanadigan
dividentlar va boshqa to’lovlarni o’z ichiga oladi.