T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019


 
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar 
- daromad 
solig’i, fuqarolarning mulkidan olinadigan soliqlar (transport 
vositalari 
solig’i, mol-mulk solig’i, uy-joy solig’i, meros tariqasida 
o’tadigan mulkdan olinadigan soliq va boshqalar), tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan olinadigan 
qayd etish yig’imi, boshqa soliq, yig’im va to’lovlardan iborat. 
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq 
– 
umumdavlat soliqlarining tarkibiga kirib, byudjet daromadlarining 
muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq 
solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar bu 


735 
soliqni
ng to’lovchilari hisoblanadi. Soliq progressiv xarakterga 
ega. U quyidagi shakllarda to’lanishi mumkin: daromad 
manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish
beruvchilardan; agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa 
va qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan 
oshsa, 
daromadlar 
to’g’risidagi 
deklaratsiya 
ko’rinishida; 
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish 
shaklida. Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan 
chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan 
daromad soliqqa tortish ob’yektidir. Jismoniy shaxslarning jami 
yillik daromadiga soliq to’lovchi olishi lozim bo’lgan (olgan) yoki 
tekinga olgan pul yoki boshqa mablag’lar, shu jumladan, 
mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy 
shaxslarning 
mulkiy 
daromadi 
va 
jismoniy 
shaxslarning 
tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromad kiradi. 
Jismoniy shaxslardan olinadigan mahalliy soliqlar 
– er 
uchun to’lovlar (yer solig’i, er uchun ijara haqi), reklama solig’i, 
mahalli
y yig’imlar (birjada amalga oshirilgan bitimlar bo’yicha 
yig’im, mahalliy auktsion va lotereya o’yinlarini o’tkazish huquqi 
uchun litsenziya yig’imi, savdo qilish huquqi uchun yig’im va 
boshqa maqsadli yig’imlar)dan iborat. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin