T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Pulli 
kapital 
daromadlaridan 
olinadigan 
soliq 
– 
dividentlar, aktsiya va obligatsiyalarning foizlari, bankdagi 
omonatlar bo’yicha foizlar, zayomlar bo’yicha yutuqlar va boshqa 
shunga o’xshash bir necha daromadlardan olinadi. Avstriya, 
Kanada, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda amal qiladi. Pulli 


748 
kapitalning egasiga daromad berilayotgan paytda soliq ushlab 
qolinadi. Soliqning stavkasi 20%dan 40%gacha tebranadi. 
Progressiv soliq 
– soliqqa tortish bazasining oshishi bilan 
soliq stavkasining ko’tarilishi xarakterlidir. Progressiv soliqlarning 
orasida eng ko’p uchraydigani daromad solig’idir. 
Progressiv 
soliqqa 
tortish 
– soliqqa tortiladigan 
summaning o’sishiga mos ravishda soliq stavkasi ham ortadigan 
soliqqa tortish tizimi. Ular quyidagi shakllarda mavjud bo’ladi: 1) 
oddiy progressiya 
– daromadning barcha summasi uchun 
soliqning stavkasi daromadning 
o’sishiga muvofiq o’sadi (ortadi); 
2) murakkab progressiya 
– daromad qismlarga bo’linadi va 
ularning har biri o’z stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi. 
Daromadning har bir keyingi qismi uchun soliqning stavkasi 
oldingisiga nisbatan yuqoriroq 
bo’ladi. 
Proportsional soliq 
– soliq shaklida olinishi mumkin bo’lgan 
summa soliqqa tortish bazasining o’lchamiga (miqdoriga, 
hajmiga) proportsionaldir. Bu soliq yagona stavkali soliqlar 
jumlasiga kiradi. 
Proportsional soliqqa tortish 
– soliqning stavkasi soliq 
to’lovchi daromadining hajmiga bog’liq bo’lmagan holda uning 
daromadiga nisbatan foizda o’rnatiladi. 
Preferentsiya 
– investitsion va innovatsion xarajatlarni 
moliyalashtirish uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq 
imtiyozi ko’rinishida belgilangan (o’rnatilgan) imtiyoz, afzallik. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin