T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjetini ijro etish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə140/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat byudjetini ijro etish




Byudjetni ijro etish uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzola-gandan so’ng boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyi ijroiya organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda davlat byudjeti ijrosi tartibini tashkil qiladi. Davlat byudjeti jarayonining bu bosqichi o’z ichiga davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismining bajari-lishini qamrab oladi.
Byudjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlamalik xarakterga ega bo’lib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa to’lovlarning yoppasiga hamda har bir manbalar bo’yicha to’liq va o’z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida byudjetda tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni moliyalash- tirilishni taqozo etadi.
Davlat byudjeti ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va samaradorligini oshirish hisobidan resurslarning oshishidan, mablag’larni sarflashda iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to’liq jalb qilinishidan manfaatdordir.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlashda quyidagi masalalarning hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim:

  • davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish;

  • davlat byudjeti mablag’larini sarflash;

  • qabul qilingan davlat byudjeti bo’lmagan taqdirda byudjetni ijro etish;

  • byudjetdan ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar kiritish;

  • davlat byudjetini belgilangan parametrlar doira-sida ijro etish;

  • davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarini bosh-qarish;

  • davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlash;

  • davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish.

Davlat byudjeti ijrosiga oid bevosita ishlar Moliya vazirligi va uning tegishli bo’linmalari hamda organlari, Davlat soliq qo’mitasi hamda
Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda Moliya vazirligining muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri bo’lgan Davlat G’aznachilik tizimi va uning quyi organlari alohida rolni o’ynaydi101.
Davlat g’aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi:

  • davlat byudjeti daromadlarining tushishini qayd etish;

  • davlat byudjeti majburiyatlarini, ya’ni davlat byud-jeti to’g’risidagi qonunga muvofiq ravishda vujudga keladigan ma’lum muddat davomida xarajatlarni sarflash majburiyatini qabul qilish muddatlari va hajmlarini tartibga solish;

  • ajratilgan davlat byudjeti majburiyatlari limiti doirasida xarajatlarni amalga oshirish huquqiga ruxsat yozuvlarini sodir etish;

  • byudjetdan mablag’ oluvchilar nomidan to’lovlarni amalga oshirish;

  • va boshqa funksiyalar.

Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr mobaynida o’tgan yil uchun davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijrosi g’aznachilik ijrosi asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin