T. Malikov O. Olimjonov moliya


notijorat tashkilotlarining soni



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə15/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

notijorat tashkilotlarining soni. 2000-yillar bosh-larida Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta noti-jorat tashkiloti to’g’ri kelgan edi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21tadan to’g’ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud bo’lgan. Bu ko’rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga teng edi.

  • notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo’lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o’rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilot-larning faoliyat ko’rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektor-larida faol ravishda qo’shimcha ish o’rinlarining yarati-lishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo’lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faolla-shuviga olib keladi;

  • notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar boshida bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulotning o’rtacha 3,5%ini tashkil etgan (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga teng bo’lgan.

    Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo’la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi




    28 O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog’i har yili xayr-ehson maqsadlariga xayriya qilganlar va ularning bu badallari o’rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko’prog’ini tashkil etgan. Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o’rtacha xayr-ehson badali uy xo’jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-e, dop. i pererab.
    /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183).
    29 AQSh katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining 30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga 3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o’sha erda).
    to’planmoqda va u zamo-naviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
    Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususi-yatlari quyidagilardan iborat:

    • faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo’naltirilganligi;

    • e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;

    • bozor xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoli-yatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo’shib olib borish.

    Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:

    • byudjet mablag’lari;

    • tijorat faoliyati:

    • tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum;

    • aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar bo’yicha olinadigan daromadlar;

    • notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xo’jalik jamiyat-larining faoliyatidan olinadigan daromadlar;

    • tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari;

    • ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib turishi mumkin bo’lgan tushilmalar;

    • qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masa-lan, ko’ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auktsion-lar, ko’ngilxo’shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushilmalar.

    Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turli-chadir. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda xususiy xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo’lgan va o’rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog’i esa 26%dan (Germaniya) 71%gacha bo’lib, uning o’rtacha darajasi 48%ga teng bo’lgan. Notijorat tashkilotlarining o’zlari tomonidan ishlab topilgan mablag’larning salmog’i 23%dan (Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o’rtacha darajasi 41% atrofida edi.
    Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida
    amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash bevosita va bilvosita shakl-larda amalga oshirilishi mumkin.
    Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo’l-lab- quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:

    • to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;

    • hamkorlikda moliyalashtirish;

    • davlat ijtimoiy buyurtmasi.

    Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shakli-dan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Bilvosita moliyalash-tirishning asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

    • soliq xarakteriga ega bo’lmagan imtiyozlar;

    • soliqlardan imtiyozlar;

    • boshqa imtiyozlar.

    Soliq to’lashda imtiyoz berish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:

    • xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;

    • homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.

    Boshqa imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’-ladi:

    • notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, er maydonlarini ajratish;

    • litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;

    • aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;

    • va boshqalar.

    Davlat organlari notijorat tashkilotlarining fao-liyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa, xarajatlarning yo’na-lishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.



      1. Yüklə 0,8 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   268




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin