T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat krediti klassifikatsiyasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə177/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat krediti klassifikatsiyasi




Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir.
Qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga ko’ra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga ma’lum belgilarga ega bo’lgan pul mablag’lari yoki boshqa buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag’lari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlarni qarz beruvchiga qaytarish majburiyatini oladi. Shartnoma bo’yicha qarz oluvchi davlat yoki uning sub’yektlari, qarz beruvchilar esa fuqarolar yoki yuridik shaxslar hi-soblanadi. Davlat qarzlari ixtiyoriy bo’lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.
Davlat krediti quyidagi bir necha belgilarga ko’ra klasssifikatsiya qilinadi:
  1. emitentlar bo’yicha:


  • markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashti-riladigan qarzlar;

  • hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashti-riladigan qarzlar;
  1. joylashtirilish joyiga qarab:


  • ichki qarzlar;

  • tashqi qarzlar.
  1. bozorda aylanishiga qarab:


  • bozorli qarzlar;

  • bozorsiz qarzlar.

Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defitsitini moliyalashtirishda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Bozorsiz qarzlar erkin ravishda o’z egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli qog’ozlar bozorida muomalada bo’lmaydi. Ma’lum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar davlat tomonidan chiqariladi va shu investorlarning o’ziga xos bo’lgan manfaatlariga mos keladi. Masalan, g’arb mamlakatlarida bozorsiz davlat obliga-tsiyalari davlat pensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari va kichik investorlarning mablag’larini jalb qilish uchun chiqariladi.

  1. Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin