T. Malikov O. Olimjonov moliya


mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə178/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

mablag’larni jalb qilish muddatiga ko’ra:


  • qisqa muddatli (bir yilgacha qaytarish muddati bilan);

  • o’rta muddatli (bir yildan besh yilgacha);

  • uzoq muddatli (besh yil va undan yuqori).

Qisqa muddatli qarzlardan byudjet daromadlarining kelib tushishi va xarajatlarini amalga oshirishdagi qisqa muddatli uzilishlarni moliyalashtirish uchun foyda-laniladi. Odatda, bunday maqsadlar uchun veksellar chiqariladi. Italiyada g’aznachilik veksellari 3, 6, 12 oylik muddatlarda, Yaponiyada – 60 kunlik, Buyuk Britaniyada

  • 91 kunlik muddatlarda chiqariladi. G’aznachilik veksellari muddatlarda ikki yilgacha bo’lgan Germaniya bundan mustasnodir.

Ba’zi bir mamlakatlarda nisbatan uzoq muddatlar uchun mablag’larni jalb qilishda g’aznachilik notalaridan foydalaniladi va ular veksellarga nisbatan kamroq tarqalgandir. Italiyada bunday g’aznachilik notalari 2-3 yillik qaytarilish muddati bilan, AQSh da – bir yildan o’n yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq muddatlar uchun mablag’larni jalb qilish, odatda, obligatsiyalar yordamida amalga oshiriladi.
  1. Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab:


    • garovli;

    • garovsiz bo’ladi

Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi. Xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi. Garovsiz obliga-tsiyalarda aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning ta’minlanish asosi bo’lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv organlari, odatda, garovsiz obligatsiyalarni muomalaga chiqarishadi. Ularning
ishonchliligi juda yuqori bo’lganligi uchun ular qo’shimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi.
  1. To’lanadigan daromadning xarakteri bo’yicha:


    • yutuqli qarz majburiyatlari;

    • foizli qarz majburiyatlari;

    • nol kuponli qarz majburiyatlari.

Yutuqli obligatsiyalar bo’yicha daromadlarning to’lanishi lotareyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligatsiyalar katta talabga ega emas. Chunki investorlar tasodifga tayanib emas, balki barqaror daromad olishga intiladilar. Yutuq olishni istaganlar esa lotareya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarz majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo’lib, ular bo’yicha daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to’rt marta to’lanadi. Investorlarning ko’pchiligi ana shunday qarz majburiyatla-rini ma’qul ko’rishadi.
Davlatning qisqa muddatli qarz instrumentlari kuponlarga ega emas. Ular nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal bo’yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarz majburiyatlari ham kuponlarga ega bo’lmasligi mumkin. Ular bo’yicha barcha daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda to’lanadi. Xuddi qisqa muddatli obligatsiyalar singari ular ham nominalidan chegirmalash orqali sotiladi va nominali bo’yicha sotib olinadi. Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini olgan.

  1. Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin