T. Malikov O. Olimjonov moliya


Byudjetdan moliyalashtirish: printsiplari, shakllari va



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə125/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Byudjetdan moliyalashtirish: printsiplari, shakllari va


usullari

Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’yektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish (mablag’lar berish) tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini ajratishning o’ziga xos shakl, usul va printsiplari yordamida amalga oshiriladi. Byudjetdan moliyalashtirishning shakl, usul va printsiplari bu tizimning tarkibiy elementlari bo’lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Muhim




79 Bu ma’lumotlar mamlakatimizda keyingi bir necha yillar davomida tarkib topgan ko’rsatkichlarning o’rtachasini o’zida mujassam etadi.
80 Bularga nisbatan ham xuddi yuqoridagidek fikrni bildirish mumkin.
ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan hozirgi paytda oqilona va samarali byudjetdan moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng avvalo, moliyalashtirish printsiplari muhim rol o’ynaydi. Amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan moliya-lashtirishning printsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy printsiplar byudjetdan mablag’ oladigan barcha sub’yektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy printsiplar esa sub’yektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog’liq ravishda davlat byudjeti mablag’larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy printsiplari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • minimum xarajat qilib, maksimum samara olish. Davlat byudjeti mablag’lari ulardan foydalanishning eng yuqori samarasi ta’minlangandagina taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir tomondan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli vazifalarini hal etish, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti mablag’larini oluvchilarning daromadlari o’sishi hisobidan pul mablag’larining byud-jetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi mumkin;


  • Yüklə 0,8 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin