T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjeti me’yorlari (normalari), xarajatlar smetasi va davlat krediti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə128/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat byudjeti me’yorlari (normalari), xarajatlar smetasi va davlat krediti


Davlat byudjeti me’yorlari (normalari). Davlat byudjeti mablag’larini sarf qilishning asosiy printsipi ularning mo’ljallanganligi va vaqt bo’yicha qat’iy tartibga solinganligidir. Tashkilot pul mablag’laridan smetada ko’zda tutilmagan maqsadlar uchun foydalanish huquqiga ega emas. Davlat byudjeti tashkiloti smetasining xarajatlari ularning ro’yxatini o’z ichiga olib, tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • xodimlarning mehnat haqini to’lash;

  • davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalariga badallar;

  • aholiga transfertlar (qonunga muvofiq ravishda belgilangan pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompen-satsiyalar va boshqa ijtimoiy to’lovlar);

  • xizmat safari xarajatlari va xodimlarga berilgan boshqa kompensatsion to’lovlar;

  • sotib olinishi kerak bo’lgan tovarlar, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar va ko’rsatilajak xizmatlarga haq to’lash.

Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar aniq ehtiyojni qondirish o’lchovi sifatida pul mablag’larining ma’lum summasida ifodalangan xarajatlar me’yori (normasi) asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda pulli me’yorlarning har xil turlaridan foydalaniladi:

  • moddiy boyliklardan foydalanishning natural ko’rsatkichlariga asoslangan normalar (ovqatlanish, tibbiyot uskunalari, dori-darmonlarni sotib olish, yumshoq inven-tarlar va h.k.lar xarajatlari normasi). Bunday normalar moddiy normalarning puldagi ifodasini namoyon etadi;

  • umumlashtirilgan yakka tartibdagi to’lovlar – ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, xizmat safari xarajatlari va boshqalar;

  • o’tgan davrlarda mablag’larning sarflanish ko’rsatkich-larini umumlashtirish asosida tajriba-statistika usuli yordamida va davlat byudjetiningimkoniyatlarini hisobga olgan holda vujudga keltirilgan normalar.

O‘zining murakkablik darajasiga qarab, davlat byudjeti me’yorlari ikkiga bo’linadi:

  1. oddiy me’yorlar (xarajatlarning oddiy yoki aniq turiga tegishli bo’lgan me’yorlar);

  2. kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan me’yorlar (bir necha xarajatlar turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar moddasini va o’xshash xarajatlar moddalarini shakllantiradigan yoki muassasaning barcha xarajatlarini qamrab oladigan me’yorlar).

Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha tashkilotlarining barcha turdagi xarajatlarini qamrab oladigan yiriklash-tirilgan me’yorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday normalardan foydalanish muassasalar ishini yuqori yakuniy natijalarga erishishga yo’naltiradi: bolalarni o’qitish, mutaxassislarni tayyorlash, bemorlarga yordam ko’rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning qo’lla-nilishi turli xarajatlar yo’nalishida davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish bo’yicha tashkilotlarning mustaqilligini kengaytiradi va resurslardan oqilona va tejamli foydalanishda ularning manfaatdorligini kuchaytiradi.
Davlat byudjeti normalari juda ko’p omillar ta’siri ostida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, baho va tariflar tizimining o’zgarishi, milliy xo’jalikda ish haqining o’sishi, mahalliy byudjetlarda xarajatlarni moliyalashtirish bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlarning paydo bo’lishi kabi omillar me’yorlarning miqdoriga ta’sir ko’rsatadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin