T. Malikov O. Olimjonov moliya


-bob. Davlat byudjeti jarayoni



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə136/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

20-bob. Davlat byudjeti jarayoni





    1. Davlat byudjeti jarayoni: ta’rifi, bosqichlari, vazifalari, ishtirokchilari va printsiplari



Davlat byudjeti tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat qilish, davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi o’zaro munosa-batlarga davlat byudjeti jarayoni deyiladi97
Uning mazmuni mamlakatning davlat va davlat byudjeti tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning davlat byudjeti huquqlari talablari bilan belgilanadi. Shuning-dek, davlat byudjeti jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni ishlab chiqish, tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzishning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi:

      • davlat byudjeti loyihasini tuzish;

      • byudjetni muhokama qilish va tasdiqlash;

      • byudjetni ijro etish;

      • davlat byudjetiningijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash.

Davlat byudjeti jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish, uni muhokama qilish va tasdiqlashga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabr-gacha) byudjetni ijro etishga (davlat byudjeti davri) va besh oyi yaqini davlat byudjetiningijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi.
Davlat byudjeti jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar qo’yiladi:

      • alohida soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bashorat-lari va maqsadli dasturlariga muvofiq davlat byudjeti daromadlari va ularning umumiy hajmini aniqlash;

      • maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha, shuningdek, byud-jetda ko’zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni



97 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 3 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda davlat byudjeti xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash (o’rnatish);

      • iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birli-gining barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan moliya-viy baqarorlashtirishning umumiy dasturini davlat byud-jeti bilan muvofiqlashtirish;

      • iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan manbalar hisobidan davlat byudjeti defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish;

      • muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish;

      • iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va byudjet-lar o’rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga solishni amalga oshirish;

      • keng ko’lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va proportsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli byudjetni rejalashtirishning rolini oshirish;

      • soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqaro-lar daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash;

      • zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.

Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirok-chilari quyidagilar hisoblanadi:

      • mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat organlari;

      • ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat sub’yektlarining yuqori mansabdor shaxslari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish bilan shug’ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar);

      • pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;

      • davlat va mahalliy nazorat organlari;

      • davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari;

      • davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va boshqalar.

Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi printsiplarga rioya qilinadi:

      • yagonalik;

      • mustaqillik;

      • balans usuli.

Yagonalik printsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona davlat byudjeti klassifikatsiyasi, mamlakatning konsolida- tsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo’ladigan statistik va davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi.
Mustaqillik printsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning har bir ishtirokchisi uchun mustaqil bo’lish imkoni berilganligi bilan belgilanadi. Unga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning o’z va tartibga soluvchi manbalari hamda ulardan foydalanishning yo’nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga egadirlar.
Balans usuli printsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o’rtasida to’g’ri nisbatlar o’rnatishda gavda-lanadi. Unga rioya qilinishi davlat byudjetining barqa-rorligini va xo’jalik sohalari o’rtasida mablag’larni taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi kerak. Bu metodning muhim sharti davlat byudjeti xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishidir. Bu printsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin