T. Malikov O. Olimjonov moliya


bob. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə144/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari


  1. Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining ijtimoiy iqtisodiy mohiyati va ahamiyati

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan moliyaviy mablag’lar yig’indisidir. Ular alohida davlat moliya tizimining ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. Bu jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining shakllanishi, taq-simlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita moliyaviy me’yoriy- huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlash-tiriladi va tartibga solinadi.


Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatiga ko’ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni qayta taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish uchun jismoniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir qismini byudjetdan tashqari jamg’armalari ixtiyoriga moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali jalb qiladi.
Tarixiy ma’lumotlarning darak berishicha, davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining dastlabki shakllari hozirgi davlatchilikning yagona markazlashgan fondi hisoblangan davlat byudjetidan avval maxsus fondlar ko’rinishida shakllangan. Ma’lumki, davlatning jamiyatni boshqarish sifatida faoliyat ko’lami kengaygan sari uning xarajatlarga bo’lgan talabi ham oshib boravergan. Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat yoxud uning vakolatiga ega bo’lgan muayyan organ moliyaviy mablag’larni maxsus fondlarda markazlashtirgan va maqsadli ob’ektlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirgan. Shuni alohida qayd etish joizki, o’sha paytlar markazlashgan Davlat fondlari davr taqozosiga muvofiq, vaqtinchalik xarakteriga ega bo’lgan. Ya’ni davlat zarur chora- tadbirlarni amalga oshirib, moliyalashtirishni tugatgandan keyin ushbu fondlar faoliyatini davom ettirishga zarurat bo’lmagan. Shu bois, maxsus fondlarning miqdori va shakli doimo o’zgarib turgan, ya’ni davr taqozosi va muayyan zaruriyatdan kelib chiqib, ehtiyoj qolmaganlari tugatilgan, yangilari paydo bo’lgan. Lekin, tarixiy tendentsiya shuni namoyon qilyaptiki, muayyan mamlakatda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari va mamlakat hududining kengayishi munosabati bilan davlatning byudjetdan tashqari
jamg’armalarining miqdori ham, hajmi ham o’sish xususiyatiga ega bo’lgan.
O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari miqdorining ortishi (ko’payishi) ma’lum bir qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg’arma qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgani bois, ayrim jamg’armalarda moliyaviy resurslar keragidan ortiq bo’lsa, ayrimlarida etishmovchiliklar paydo bo’lgan. Shuningdek, davlat ularni boshqarish va muvofiq-lashtirishni moliyalashtirish uchun qo’shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishga majbur bo’lgan. Bu, o’z o’rnida, jismoniy va yuridik shaxslarga qo’shimcha moliyaviy yuk hisoblanib, ular o’rtasida ma’lum bir noroziliklarning paydo bo’lishiga ham olib kelgan. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun markazlashtirilgan davlat shakllanishiga zarurat tug’ilgan.
Markazlashtirilgan davlatning qaror topishi bir qator davlat fondlarini uyg’unlashtirib, bir necha muammolarning oldini olish imkoniyatini tug’dirgan. Jumladan, bir fondda ortiqcha bo’lgan moliyaviy mablag’larni ikkinchi bir fonddagi etishmayotgan moliyaviy mablag’lar o’rniga jalb qilish imkoniyati hosil bo’la boshlagan. Davlatning turli xil fondlarining uyg’unlanishi asosida ulkan bir markazlashtirilgan fond, ya’ni Davlat byudjetining tashkil etilishiga asos solingan. Davlat byudjeti sekin asta har to-monlama mustahkamlanib borib, mamlakatning oliy organi uni ko’rib chiqib, tasdiqlagandan keyin qonun kuchiga kirib, ijro etish majburiyati sezila boshlandi (bu haqda mazkur darslikning oldingi boblarida batafsil to’xtalib o’tilgan).
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini ham tashkil etishga zarurat tug’ildi. Bu jamg’armalarni tashkil etishga bir qator omillar ta’sir etadi, albatta. Ularning ko’lami keng, lekin asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

  • iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat fondlarini tashkil etadi;

  • Davlat byudjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar

qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat to- monidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug’iladi;

  • Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan hollarda, ortiqcha mablag’lardan Davlat byudjeti defitsitini noinflatsion manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada kengaytiradi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin