T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə142/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni


tasdiqlash

Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot davlat byudjeti ijrosining yakuni (natijalari)ni o’zida ifoda etadi.


Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot davlat byudjeti tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo’ladi.
Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot quyidagi hisobot shakllarini o’z ichiga oladi:

  • Davlat byudjeti ijrosining balansini;

  • Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni;

  • Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni;

  • davlat byudjeti tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotnomani;

  • Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari bo’yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to’g’risidagi hisobotni.

Tumanlar va shaharlar bo’yicha g’aznachilik bo’linmalari tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlariga tumanlar va shaharlar byudjetlarining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo’yicha:

  • yuqori turuvchi moliya organlariga — ular belgilagan muddatlarda;

  • tegishli hokimliklarga — tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etilganidan so’ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha g’aznachilik boshqarmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotni tegishincha Qoraqal-pog’iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga taqdim etadi.
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan tegishli byudjet-larning kassa ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni moliya organlariga taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari hisobot davri uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo’yicha:

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga — u belgilagan muddatlarda;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga — Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etilganidan so’ng uch ish kuni ichida taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni tuzadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

  • Davlat byudjeti ijrosining borishi to’g’risidagi choraklik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda;

  • Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreligacha taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjet-larining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit o’tkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5 apreligacha yuboradi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazir-lar Mahkamasiga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjet-larining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tomonidan hisobot davri uchun taqdim etilgan tegishli byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni o’z partiyalar
guruhlarida va doimiy komissiyalarida (qo’mitalarida) dastlabki tarzda muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokim-lari tegishli byudjetlar ijrosi to’g’risidagi yillik hisobotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 10 mayidan so’ng tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobot-larni taqdim etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi. Tegishli byudjet-larning ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tegishincha Qora- qalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputat-lari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun-chilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo’mitalarida muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi.
Tegishli hisobot davri uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo’mitalarida ko’rib chiqilgandan so’ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’ar-malari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb- saytiga joylashtiriladi.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin