Davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar.Yuqoridagi kamchiliklarning mavjudligi davlat byudjeti xarajatlari bo’yicha baja-rilishi lozim bo’lgan asosiy vazifalarni belgilab olishni va ularning o’z vaqtida bajarilishini taqozo etadi.
Hozirgi sharoitda bunday vazifalarning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
eng samarali va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan loyi-halarga davlat byudjeti mablag’larini yig’ish (kontsentratsiya qilish), ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishning ustu-vorligini ta’minlash;
sub’yektlarga to’lovlar bo’yicha qarzlarni keskin qisqartirish va ularning to’liq qaytarilishiga erishish;
iqtisodiyotning ustuvor sohalarida investitsiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirishni kengaytirish;
loyihalarni moliyalashtirishning davlat-tijorat amaliyotini kengaytirish asosida investitsion jarayon-larning nomarkazlashuvini davom ettirish;
davlat apparatini saqlash xarajatlari va davlat qarzlarini boshqarish bo’yicha xarajatlarni qisqartirish;
harbiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida milliy mudofaaga mo’ljallangan davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish;