T. Malikov O. Olimjonov moliya


Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə201/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi




Daromadlar

Xarajatlar va jamg’armalar

  1. Mehnatga haq to’lash

  2. Mehnat haqidan boshqa korxona va tashkilotlardan olinadi-

gan yollanma ishchilarning daromadlari

  1. Dividendlar

  2. Qishloq xo’jaligi mahsulot- larini sotishdan olinadigan tushumlar

  3. Pensiya va nafaqalar

  4. Stipendiyalar

  5. Moliyaviy tizimdan olinadigan tushumlar (sug’urta qoplama- lari, omonatlarning foizla-

ri, lotereya yutuqlari va b.)

  1. Xorijiy valyutani sotishdan kelgan aholining daromadla- ri

  2. Boshqa tushumlar

    1. komission magazinlar orqa li buyumlarni sotish

    2. chiqindi ashyo, metallom va boshqalarni sotish

  3. O‘tkazmalar bo’yicha olingan pullar

  1. Tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to’lash

  2. Majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar:

  1. soliqlar va yig’imlar;

  2. sug’urta bo’yicha to’lovlar;

v) jamoatchilik va kooperativ tashkilotlarga badallar;
g) ssudalarni qaytarish;

  1. lotereya chiptalarini sotib olish;

  2. tovar krediti uchun foizlar; yo) pensiya fondlariga sug’urta

badallari;

  1. Omonatlar va qimmatli qog’oz- lardagi jamg’armalarning o’sishi

  2. Uy-joy binolarini sotib olish

  3. Xorijiy valyutani sotib olish bo’yicha aholi xarajatlari

  4. O‘tkazmalar bo’yicha jo’natilgan pullar

Jami
pul daromadlari

Jami pul xarajatlari va jamg’armalar

Xarajatlarning daromadlardan oshishi

Daromadlarning xarajatlardan oshishi

Balans

Balans

Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    • uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi xizmatlarini to’lash;

    • dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo’llanmalar xarajatlari va tibbiy xizmatlarni to’lash;

    • kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari;

    • passajir transportining barcha turlarini to’lash xara-jatlari;

    • aloqa xizmatlarini to’lash;

    • qolgan boshqa xizmatlarni to’lash.

Majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo’ja-liklari byudjetlari xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi sharoitda, o’sish tendentsiyasiga ega bo’lib, ular quyidagi omillar bilan bog’langan:

    • birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kenga-yishi yakka tartibdagi tadbirkorlarning xo’jalik va savdo faoliyatidan olinadigan (undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlarning ham ko’payishi bilan kuzatilmoqda;

    • ikkinchidan, sug’urta tizimining rivojlanishi, notijo-rat sektorning o’sishi (masalan, turli jamoatchilik tashki-lotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomon-dan, sug’urta bo’yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijorat tashkilotlarga ajratmalarni ko’paytiradi;

    • uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivoj-lanishi uy xo’jaliklari byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bo’yicha foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi.

Sug’urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xiz-matlari amaliyotida iste’mol krediti va u bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida kelajakda uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yo’nalishlari faqat o’sish tendentsiyasiga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo’jaliklari byudjetlarida “pensiya fondiga sug’urta badallari” xarajatlar moddasi-ning ham o’sishiga olib keladi.
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy to’lovlarida soliqlar va yig’imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo’jaliklari daromadlarining soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, davlat moliyasining taqsim-lash funksiyasi doirasida jismoniy shaxslarning daromad-lari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni yechishga xizmat
qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining turli byudjetlari darajalarida daro-madlarning etarli tushishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromad-laridan olinadigan soliq-lar daromadlardan ratsional foydalanishni rag’batlanti-rish va ularni shakllantirish yo’llari bilan uy xo’jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o’z ta’sirini ko’rsa-tadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va uy xo’jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig’i va er uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxs-lardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig’imlar) va davlat bojlarini to’laydi. Bir vaqtning o’zida, uy xo’jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va xarajatla-rining balansida majburiy to’lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri (bilvosita) soliqlar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Chunki bu soliqlar (aktsizlar, qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining tarkibida bo’lib, ular tovar sotib olinayotganda to’lanadi. Tovarlar bahosining darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim to’g’ri (bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham oshiradiki, ular ham qisman yoki to’liq tovarlar bahosi orqali kompen-satsiya qilinadi.
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xara-jatlar qismining boshqa moddalari (“omonatlar va qimmatli qog’ozlardagi jamg’armalarning o’sishi”, “xorijiy valyutalarni sotib olish bo’yicha aholi xarajatlari” va boshqalar) jamg’arish jarayoni doirasida uy xo’jalik-larining moliyaviy munosabatlarini aks ettiradiki, ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi paragrafida ko’rib chiqiladi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin