T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə208/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

R = e x P / P*


Bunda, e — nominal ayirboshlash kursi, P — bitta mamlakatdagi baholar darajasi, P* — esa boshqa mamlakatdagi baholar darajasini ifodalaydi. Bunda :




e = R x P* / P


Ma’lumki, milliy valyuta kursining 3 asosiy rejimi mavjud:



  1. Erkin suzish rejimi.

  2. Qat’iy belgilangan kurs rejimi.

  3. Boshqariladigan suzish rejimi.

Agar milliy valyutaning kursi erkin tarzda valyuta bozorida talab va taklif asosida shakllansa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimini anglatadi. Bunda mamlakat Markaziy banki milliy valyuta kursining ma’lum holati uchun javob bermaydi. Bu kurs rejimi erkin ayirboshlanadigan barcha zaxira valyutalariga tegishli. Shunday mamlakatlar borki, ularda joriy operatsiyalar bo’yicha valyutaviy cheklovlar bekor qilingan, ammo boshqariladigan suzish rejimi qo’llaniladi. Bunday davlatlarga misol qilib Meksika, Quvayt, BAA kabi davlatlarni ko’rsatish mumkin. Lekin bu holat valyutalarning almashinish sharti bilan rejimi o’rtasidagi aloqadorlikni inkor etish uchun etarli emas.
Qat’iy belgilangan kurs rejimida mamlakatning milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga nisbatan ma’lum nisbatda o’rnatiladi va Markaziy bank kursning belgilangan nisbati uchun javob beradi. Ammo qat’iy belgilangan valyuta kurslari valyuta operatsiyalarini keng ko’lamda rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, lekin uning iqtisodiyotga ijobiy jihatlari ham bor. Ana shunday ijobiy jihatlaridan biri shundaki, qat’iy belgilangan kurs rejimida valyuta riski muammosi chuqurlashmaydi.

  1. yilning o’rtalaridan boshlab markaziy banklarning kurs siyosatida o’zgarishlar paydo bo’ldi. Rasman erkin suzish rejimini tan olgan markaziy banklar (Avstriya, Italiya markaziy banklari va boshqalar) valyuta kursiga ta’sir qilish uchun valyuta interventsiyasini tez-tez amalga oshira boshladilar. Bu holat XVF ekspertlari tomonidan “boshqariladigan suzish” degan nomni oldi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin