T. Malikov O. Olimjonov moliya


Valyuta kursi va valyuta bozorlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə207/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Valyuta kursi va valyuta bozorlari


Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa mamlakatlar bilan bog’lovchi asosiy omillardan biridir.


Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta kursi deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining turmush tarziga ham ta’sir ko’rsatadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, valyuta kursining o’zgarishi mamlakat eksport tovarlarining raqobatbardoshlik darajasiga ta’sir qiladi, ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining pasayishi import tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga olib keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi dunyo bilan bog’lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar samaradorligini baholash imkonini beradi. Valyuta kursi mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va istiqboldagi rejalari to’g’risidagi barcha ma’lumotlarni o’zida mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun valyuta kursi muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning iqtisodiyotga bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi keskin o’zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valyuta kursining o’zgarishi mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz stavkalar o’zarishiga, mamlakat
ichidagi daromadlar taqsimotiga, va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Valyuta kursi inflyatsiyani hisobga olishiga ko’ra nominal va real almashuv kurslariga bo’linadi. Nominal ayirboshlash kursi — bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir. Real ayirboshlash kursi — bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs va tovarlarning milliy valyutadagi narxiga bog’liq bo’lib quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin