T. Malikov O. Olimjonov moliya


Asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə218/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda – hukumat tomonidan belgilangan tartibda hisoblangan, inflyatsiya indeksiga oshirilgan (ko’paytirilgan) asosiy fondlarning sotish bahosi va ularning dastlabki yoki qoldiq qiymati o’rtasidagi farq.
Auditorlik nazorati - auditorlik faoliyatini amalga oshirish borasida litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik firmasi tomonida o’tkaziladigan mustaqil noidoraviy moliyaviy nazorat. Asosiy vazifasi buxgalteriya hisoboti va moliyaviy hisobotning haqqoniyligi, to’liqligi va ishonchligi hamda moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya qilinganligini aniqlash (o’rnatish)dir. Banklar, sug’urta tashkilotlari, birjalar, nobyudjet va xayriya fondlari, ochiq tipdagi aktsionerlik jamiyatlari, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, prokuratura va davlat
nazorat organlarining topshirig’iga binoan har qanday korxona va tashkilotlar majburiy ravishda auditorlik nazoratidan o’tkazilishi kerak. Auditorlik firmalari buxgalteriya hisoboti va soliq hisob- kitoblari, hisob ishlarini yuritish, loyihalarni moliyaviy ekspertiza qilish va h.k.lar bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatishi mumkin. Ularning bu xizmatlari tegishli to’lov (haq) asosida amalga oshiriladi.
Aholiga transfertlar – aholiga to’lanadigan majburiy to’lanmalarni (mamlakat qonunchiligiga muvofiq ravishda o’rnatilgan pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsion va boshqa ijtimoiy to’lovlarni) moliyalashtirish uchun mo’ljallangan byudjet mablag’lari.


B




Balans foyda – mahsulot tannarxiga kiritiladigan barcha xarajatlar va chiqimlar hamda majburiy to’lovlar chegirilganidan so’nggi korxona yalpi daromadining qismi. Balans foyda soliqqa tortilgunga qadar bo’lgan yalpi foydadir.
Byudjetnoma - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirli- gining boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqadigan hamda quyidagilarni o’z ichiga oluvchi loyihaviy hujjat: 1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish joriy yilgi yakunlarining prognoz (bashoratli) bahosi; 2) o’tgan yilgi Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi bahosi; 3) kelgusi yilga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tuzishda asos bo’lgan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar; 4) mamlkat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlari loyihasi; 5) mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlariga sharhlar; 6) davlat tashqi va ichki qarzlari hamda ular bo’yicha xarajatlar holati to’g’risidagi ma’lumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat byudjeti loyihasi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqoridagilarni o’z ichiga oluvchi byudjetnoma loyihasini har yilning birinchi oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim. Shuningdek, byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi noyabridan kechiktirilmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishi kerak.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin