T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə220/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Byudjet ssudasi – yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’.
Byudjet subventsiyasi – qonun hujjatlarida nazarta tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag’lari.
Byudjet so’rovi – byudjet tasnifi bo’yicha tushumlarni shakllantirish va byudjetdan mablag’ ajratish to’g’risidagi so’rov. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: 1) tegishli hududlar va davlat maqsadli fondlari byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun – Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlarga; 2) byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun - respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet mablag’larini oluvchilarga byudjet so’rovini yuboradi.
Byudjet klassifikatsiyasi (tasnifi) – Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning defitsitini moliyalash-tirish manbalarini guruhlash. Unda tasnif ob’ektlariga guruhlashtiruvchi kodlar beriladi. Barcha darajadagi byudjet ko’rsatkichlarining qiyoslanishini ta’minlaydi. Byudjet tasnifi byudjet daromadlari tasnifini, byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini, Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini o’z ichiga oladi. Byudjet daromadlari tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq daromadlarni turlar va manbalar bo’yicha guruhlarga bo’lishdan iboratdir. Byudjet xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa byudjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar bo’yicha xarajatlarni guruhlarga bo’lishdan iborat bo’ladi. Byudjet xarajat-larining tashkiliy tasnifi esa byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ularni bevosita oluvchilar o’rtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va tadbirlar turlari bo’yicha xarajatlarni guruhlarga bo’lishdan iboratdir. Byudjet xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to’lovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari bo’yicha xarajatlarni
guruhlashni o’z ichiga oladi. Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalari tasnifi defitsitni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlarga bo’lishdan iborat bo’ladi. Byudjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin