T. Malikov O. Olimjonov moliya


Byudjet tizimini boshqarish sohasidagi Qoraqalpo- g’iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə223/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Byudjet tizimini boshqarish sohasidagi Qoraqalpo- g’iston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolat-lari – a) Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi va mahalliy
hokimiyat vakillik organlari: belgilangan tartibda Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni qabul qilish, shuningdek ularning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash, qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va to’lovlar miqdorini hamda ular bo’yicha imtiyozlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq ravishda boshqa vakolatlarni amalga oshirish; b) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar: Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar loyihalarini belgilangan tartibda Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etish va ularning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tuzish, byudjetga tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi hamda byudjet mablag’laridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boshqa vakolatlardan iborat.
Byudjet transferti – byudjetdan yuridik va jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablag’lari.
Byudjetlarga (Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarga) cheklovlar - quyidagilardan iborat: 1) Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlarning defitsitli bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi; 2) Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni tasdiqlash va ijro etishda: a) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobidan fondlar tashkil etishga; b) mablag’ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno); v) o’z byudjetlari xarajatlariga tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan ortiqcha mablag’ sarflashga (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); g) byudjet mablag’lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar ka kafilliklar berishga; d) yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari berishga yo’l qo’yilmaydi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin