T. Malikov O. Olimjonov moliya


bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy isloh qilish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə45/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy isloh qilish


    1. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy isloh qilishning zarurligi va mazmuni

XYuSlarning faoliyatida sifat o’zgarishlarni amalga oshirmasdan turib bozor iqtisodiyotini rivojlantirish mumkin emas. Ularni isloh qilish jarayonining mazmuni bozor munosabatlari rivojlanishining qonuniyatlaridan kelib chiqadiki, ularda birlamchi bo’g’in (XYuSlar)ga alohida o’rin berilishi kerak. Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o’zaro aloqalarining umumiy modeli quyidagi chizmada keltirilgan (9.1.1-chizma):





9.1.1-chizma. Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o’zaro aloqalarining modeli


Bozor iqtisodiyoti sharoitida XYuSlar xaridor va sotuvchi sifatida maydonga chiqib, tovarlar va xizmatlar bozorida o’zgaruvchan talab va taklif asosida raqobat muhitida aniqlanadigan baho orqali o’zaro ta’sir (aloqa)da bo’ladi. Baholarning yig’indisi tushumning miqdorini aniqlab berganligi uchun XYuS (firma, korporatsiya va h.k.)larning moliyaviy ahvoli bilan ularning bozordagi faolligi, ular faoliyatida rivojlanishning bozor omil-lari o’zgarishini har tomonlama hisobga olish o’rtasida to’g’ri bog’liqlik mavjud. Bu omillarni hisobga olish XYuSlar, firmalar va korporatsiyalar moliyaviy faoliya-tining butun falsafasini printsipial jihatdan o’zgarti-rishni talab qiladi. XYuSlarning moliya munosabatlarini takomillashtirish bo’yicha asoslangan choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish ularni moliyaviy isloh qilishning asosiy mazmunini tashkil etadi.


Mamlakatimizda 2016 yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy isloh qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

      • faoliyatni bozor talablariga yo’naltirish va eng yangi texnologiyalarga investitsiyalar asosida innnovatsion jarayonlarni rivojlantirish yo’li bilan mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash;

      • XYuS kapitalini shakllantirish va boshqarish samara-dorligini oshirish;

      • XYuS rivojlanishini moliyaviy jihatdan ta’minlash va uning moliyaviy barqarorligini oshirish rezervlarini qidirib topish va jalb qilish;

      • ishlab chiqarishning barcha omillaridan samarali foydalanish va mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajat-larni kamaytirish asosida ularning daromadlarini o’stirish yo’li bilan XYuSlarning investitsion joziba-dorligini oshirish;

      • aktivlarni restrukturizatsiya qilish va bozor kon’yunkturasini bashorat qilish, tovarlar va xizmatlarning to’lovga layoqatli talabi va taklifi asosida XYuS faoliyatini diversifikatsiyalashtirish.

XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda kapitalizatsiya jarayoni, ya’ni mavjud salohiyat (aktivlar)dan eng yaxshi foydalanish hisobidan kompaniyaning qiymatini oshirish va shu asosda kapital-lashtirishning asosiy manbaini – kapitalni o’stirishga yo’naltiriladigan sof foyda hajmini ko’paytirish alohida o’rin egallaydi. Sof foydani kapitallashtirish koeffi-tsienti aktiv (kapital)ni oshirishga yo’naltirilgan sof foyda qismining XYuS sof foydasi umumiy hajmiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha aks ettirish mumkin:



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin