T. Malikov O. Olimjonov moliya


Xo’jalik yurituvchi sub’yektni moliyaviy isloh qilish samaradorligini baholash



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə47/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Xo’jalik yurituvchi sub’yektni moliyaviy isloh qilish samaradorligini baholash


XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilish samaradorligini baholashning asosiy ko’rsatkichi sifatida moliyaviy samaradorlik, ya’ni sof foyda bo’yicha rentabellik ko’rsatkichini olish mumkin. Uni hisoblash formulasi quyidagicha:




R = (Cf : O‘k) x 100


Bu yerda: R - sof foyda bo’yicha o’z kapitalining
rentabelligi;
Sf – sof foyda yoki netto-foyda;
O‘k – o’z kapitali.

Bu ko’rsatkichning o’sishi foydani soliqqa tortishni qo’shib hisoblagan holda ichki va tashqi xarakterdagi ko’plab omillarga bog’liq. Rentabellikni tarkib toptiruvchi omil-larni tahlil qilish uchun amaliyotda birinchi marta “Dyupon de Nemur” kompaniyasida qo’llanilgan Dyupon formulasidan foydalaniladi. Bu formulaning ko’rinishi quyidagicha:




R = (Sf : O‘k) x (Sf : T) x (T : A) x (A : O‘k),


Bu yerda: R - sof foyda bo’yicha o’z kapitalining


rentabelligi;
Sf – sof foyda yoki netto-foyda;
O‘k – o’z kapitali;
T - tushum;
A - aktivlar.

Bir vaqtning o’zida bu formuladagi (Sf : O‘k) nisbati sof foydaga ko’ra o’z kapitalining rentabellik koeffitsi-entini ko’rsatsa, (Sf


: T) nisbati esa sotuv rentabelligini ifodalab, bir tomondan bu nisbat tahlil qilinayotgan davrda sof foyda va sotuv hajmi (tushum) o’rtasidagi nisbatni aks ettirsa, ikkinchi tomondan esa, yaxlit holda sotilgan mahsulotning daromadliligini xarakterlaydi va u alohida olingan tovar turlari daromadligiga va ularning realizatsiya hajmidagi nisbatiga bog’liqdir. Shuningdek, (T : A) nisbati xo’jalik faolligi koeffitsientini ko’rsatadi. Bu koeffitsient aktivlarning aylanuvchanligi (yoki aktivlar-ning yillik o’rtacha qiymatiga to’g’ri keluvchi bir so’mlik tushum hajmi)ni aks ettiradi, tahlil davridagi aktivlar aylanmasining sonini xarakterlaydi. Aktivlar qancha ko’p aylansa, ularning rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. (A : O‘k) nisbati esa bir so’mlik o’z kapitaliga to’g’ri keluvchi aktivlarning umumiy miqdorini ko’rsatadi. Bir so’mlik o’z kapitaliga to’g’ri keluvchi aktivlar qanchalik ko’p bo’lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Bu ko’rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning aylanma (aktivlar)ga kapitalning qo’shimcha manbalarini jalb qilish borasidagi mahoratini aks ettiradiki, bu narsa tushum hajmi va XYuS daromadliligini oshirishga imkon beradi.
Yuqoridagi formulada keltirilgan ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini XYuSning moliyaviy siyosatini isloh qilishni asoslab berishda foydalanish mumkin. Chunki formuladagi ko’rsatkichlar XYuS yakuniy natijalarining aktivlardan foydalanish darajasi, ularning aylanish tezligi, sotish hajmi va sotilayotgan mahsulotlarning daromadliligi, ya’ni moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha asosiy parametrlari bilan o’zaro bog’liqligini ifoda-laydi. Bularning barchasi istiqbolga mo’ljallangan biznes-rejani ishlab chiqish uchun asos bo’lishi, shuningdek, investitsion-innovatsion biznes-loyihalarni asoslashda xizmat qilishi mumkin.
XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash uchun xo’jalik faolligi koeffitsientidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu koeffitsient XYuSga tegishli bo’lgan tushumning barcha aktivlarning o’rtacha qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Uni formula shaklida quyidagicha ifodalash mumkin:



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin