Rentabellik va uni oshirish yo’llari
XYuSning foydalilik darajasini aniqlash uchun renta-bellik ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag’larga yoki sotilgan mahsulotning hajmiga nisbati bilan aniqlanadi.
Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko’rsatkichlaridan tez-tez foydalaniladi:
Sotuv (sotish) rentabelligi XYuS sotuvi (sotishi)ning hajmida sof foydaning salmog’ini ko’rsatadi va uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
K рс = (SF к : SH) x 100%
Bu yerda: K рс - sotuv (sotish) rentabelligi;
SF к - XYuSning sof foydasi;
SH - XYuSning sotuv (sotish) hajmi.
O‘z kapitalining rentabelligi XYuSning egalari tomo-nidan investitsiya qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu ko’rsatkich mablag’larning boshqa XYuSlarga, qimmatli qog’ozlarga va depozitlarga qo’yilishi imkoniyati bilan taqqoslanadi. Bu ko’rsatkich kompaniyaning egalari tomonidan XYuS qo’yilgan (joylashtirilgan) har bir birlik sof foydaning qancha pulli birligini “ishlaganligini” ko’rsa-tadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
K рук = (SF к : O‘K к ) x 100%
Bu yerda: K рук - XYuS o’zlik kapitalining rentabelligi;
SF к - XYuSning sof foydasi;
O‘K к - XYuSning o’z kapitali.
Aylanma aktivlarning rentabelligi aylanma mablag’-lardan foydalanish samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |