K рам = SF к : JA к
Bu yerda: K рам - XYuS aylanma aktivlarining rentabel-
ligi;
SF к - XYuSning sof foydasi;
JA к - XYuSning joriy (yillik o’rtacha) aktiv- lari.
Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi ko’rsatkichi kompaniyaning asosiy kapitaliga nisbatan XYuSning etarli foyda hajmini ta’minlash qobiliyatini aks ettiradi. Uni formula yordamida quyidagicha ifodalasa bo’ladi:
K рата = (SF к : UMA к ) x 100%
Bu yerda: K рата - XYuS aylanmadan tashqari aktivlari-
ning rentabelligi;
SF к - XYuSning sof foydasi;
UMA к - XYuSning uzoq muddatli (yillik o’rtacha) aktivlari.
Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsienti XYuS raqobatbardoshligi va innovatsionligining eng muhim indikatorlaridan biri hisoblanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
K ри = SF к : (O‘K + UMM) x 100%
Bu yerda: K ри - XYuS investitsiyalarining renta-
belligi;
SF к - XYuSning sof foydasi; O‘K - XYuSning o’z kapitali; UMM - XYuSning uzoq muddatli
majburiyatlari.
Rentabellikni oshirish yo’nalishlari omillarning quyi-dagi guruhlari bilan bog’liq:
foyda summasini ko’paytirish;
xarajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurslarni kamaytirish.
Bu yo’nalishlar har bir XYuSda konkretlashtirilishi va rentabellikni oshirishning rezervlarini qidirib topish va ulardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |