T. Malikov O. Olimjonov moliya


Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə83/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq


baholar quyidagicha farqlanadi:

    • ma’lumotnomaviy baholar;

    • preyskurant baholar;

    • hisob-kitobli baholar.

Kataloglar, preyskurantlar, iqtisodiy jurnallar, ma’lumotnoma(spravochnik)lar va boshqa maxsus adabiyot-larda e’lon qilinadigan baholar ma’lumotnomaviy baholar deyiladi. Ular o’xshash mahsulotlarga baholarni belgilash (o’rnatish)da yoki baholarning darajasi va nisba-tini tahlil qilishda mo’ljal (mo’ljallanuvchi) axborot sifatida foydalaniladi.
Firmalarning preykurantlarida, ma’lumotnoma (spra- vochnik)larda va boshqa adabiyotlarda e’lon qilingan baholar preykurant baholar deb ataladi.
Hisob-kitobli baholar individual buyurtmalar bo’yicha noandazaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida qo’llaniladigan baholardir. Bunday baholar mol etkazib beruvchi tomonidan har bir aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijorat shart-sharoitlarini hisobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va asoslanadi.
Bozor turi (ko’rinishi)ga bog’liq ravishda baholar-ning quyidagi turlari mavjud:

    • auktsion baholar;

    • birja baholari( birja kotirovkalari);

    • savdolar baholari.

Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko’rib chiqilgan tovarlar partiyasi (loti)ga maksimal taklif qilingan daraja bo’yicha ommaviy sotish bahosi auktsion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi natijasida belgilanadi.
Birja orqali sotiladigan standartlashtirilgan (ando-zalashtirilgan) bir xil(toifa)dagi tovarlarning (shu jumladan, qimmatli qog’ozlarning ham) bahosi birja baholari (birja kotirovkalari) deb ataladi.
Savdolar baholari ixtisoslashtirilgan savdo alo-hida shakllarining bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat (tender)da oldindan e’lon qilingan shart-larga ko’ra tovarlarni etkazishga buyurtmalar berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun pudratlarni olishga asoslangan bo’ladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin