T. Malikov O. Olimjonov moliya


Yuqori baholar strategiyasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə91/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog’ini ajratib olish”) dastlab tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha yuqori baholarda sotilishini va keyin esa, ularning pasaytirilishini ko’zda tutadi. Bu patent bilan himoyalangan yangi tovarlarga tegishlidir. Bunday strategiya joriy talab darajasining yuqoriligi, tovarning yuqori bahosini iste’molchi tomonidan tovar sifatining yuqoriligi tarzda e’tirof etilgan va shunga o’xshash boshqa sharoitlarda mumkin.
Past baholar strategiyasi yoki bozorga “yorib kirish” strategiyasi ham mavjud. Bunday strategiya talabni rag’batlantirish maqsadida amalga oshiriladi. U ishlab chiqarish katta hajmda va talab yuqori elastik bo’lgan bozorlarda samarali bo’lib, unda sotib oluvchilar baho-larning pasayishiga keskin munosabat bildiradilar va talabni oshiradilar. Bunda XYuS ishlab chiqarish hisobidan baholarning past darajasini ushlab turadi.
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi xilma-xil bozorlar, ularning segmentlari va sotib oluvchilari uchun baholarning o’rtacha
darajasiga nisbatan turli-tuman chegirma va ustamalarni qo’llash evaziga amalga oshiriladi.
Imtiyozli baholar strategiyasi imtiyozli baholarni taklif qilishdan XYuS manfaatdor bo’lgan sotib oluvchilar bilan ishlashga qaratilgan.
Elastik baholar strategiyasi baholarning iste’mol-chilar sotib olish qobiliyatiga bog’liq ravishda o’rnati-lishini anglatadi.
Barqaror, standart, o’zgarmaydigan baholar strate-giyasi nisbatan uzoq vaqt davomida tovarlarning bir xil bahoda realizatsiya qilinishini nazarda tutadi.
Yaxlitlanmagan baholar strategiyasida sotib oluvchi tovarni, masalan, 1000 so’mda emas, balki 999,9 so’mda sotib oladi. Bu holda sotib oluvchi bunday baholarni past yoki baholarni o’rnatishning puxta va aniq hisob-kitoblarga asoslanganligining isboti sifatida e’tirof etadi.

Yoppasiga (ommaviy) sotib olishlar bahosi va baholarni tovarning sifati bilan uzviy bog’langanligi strategiyalari ham amaliyotda qo’llaniladi.


Baholarning har qanday strategiyasida, raqobatchi-larning baholarini tahlil qila borib, XYuS o’zi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo’lgan chegirmalar tizimiga jiddiy e’tibor bermog’i lozim. Jahon amaliyotida baholardan qilinadigan chegirmalarning 20ga yaqin turi mavjud. Masalan, “skonto” chegirmasining “3/12, netto 30” tarti-bida ifodalanishida to’lov 30 kun ichida amalga oshirilishi kerak, agar sotib oluvchi to’lovni dastlabki 12 kun ichida amalga oshirsa, u 3% kam to’laydi, degan ma’noni anglatadi.
Aylanma uchun bonus chegirmalari ham qo’llaniladi. Aylanma sotuviga bog’liq ravishda u doimiy sotib oluvchilarga nisbatan qilinadi. Progressiv chegirmalar sotib olishning sifati, hajmi va davriyligiga bog’liq ravishda sotib oluvchiga taqdim etiladi. Tovarlarning almashtirilishi yoki shu bilan bog’liq bo’lgan chegirma shu firmadan oldin sotib olingan eski tovarni qaytarganligi uchun taqdim qilinishi mumkin. Tovarlar xorijga sotilganda eksport chegirmalari qo’llaniladi. Funktsional chegir-malar yoki savdo sohasidagi chegirmalar tovarlarning harakatlanishini amalga oshiruvchi xizmatlarga ma’lum bir funksiyalarni bajarganligi uchun beriladi. Maxsus chegirmalar ishlab chiqaruvchi manfaatdor bo’lgan sotib oluvchilarga sotuvchi tomonidan taqdim etiladi. Yashirin chegirmalar sotib oluvchilarga tekin namunalar ko’rinishida berilishi mumkin. Chegirmalarning oxirgi turiga shart-
nomalarda qayd etilmaydigan va og’zaki kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan konfidentsial chegirmalar ham kiradi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin