T. Malikov O. Olimjonov moliya


Baholarni qimmatli shakllantirish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə88/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Baholarni qimmatli shakllantirish baholarni shun-day o’rnatilishini taqozo etadiki, unga ko’ra bu narsa XYuSning yuqori foyda olishini “baho/xarajatlar” foydali nisbatiga erishish hisobidan ta’minlamog’i kerak. Buning uchun, eng avvalo, tovarga sotib oluvchi qanday bahoni to’lashga tayyor ekanligini bilmoq lozim. Albatta, turli holatlarning ta’siri mavjud bo’lganligi uchun uni aniqlash ancha murakkab hisoblanadi.
Tajribali sotib oluvchilar tovar uchun to’lashga tayyor bo’lgan haqiqiy summalarini kamdan-kam hollardagina aytadilar. Ayniqsa, bu xususiyat bilan firmalarni ta’minlovchi faoliyat bilan shug’ullanuvchilar alohida ajralib turadi. Agar o’zlari xaridor bo’layotgan tegishli tovarlar baholarining o’zgarib turishi mumkinligini tushunsalar, ular faqat kerakli tovarning haqiqiy bahosini yashiribgina qolmasdan, balki bu xususida ishlab chiqa- ruvchini ongli ravishda chalg’itish usullarini ham qidirib topishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatda ishlab chiqaruvchi marketologlarining iste’molchilar bilan aloqalari asosida qurilgan barcha urinishlari uddaburon ta’minotchilar tomonidan ongli ravishda tashlangan dezinformatsiya orqali yo’qqa chiqarilishi mumkin.
Shuning uchun ham bunday vaziyatda XYuS ta’minotchisi mutaxassisining asosiy vazifasi sotib oluvchilar to’lashga tayyor bo’lgan bahoda katta miqdordagi buyurtmalarni olmaslik bilan belgilanadi. XYuS marketologi va ta’minotchilarning o’ziga xos bo’lgan san’ati sotib oluvchilardan tovarning haqiqiy bahosini o’zida iloji boricha ko’proq aks ettirishi mumkin bo’lgan bahoda to’lashga tayyor ekanliklariga erishish orqali ifodalanadi. Bir vaqtning o’zida, firmaning yangi mahsulotini qanday bahoda sotib olishga tayyor ekanliklari xususida sotib oluvchilarga murojaat qilish hato hisoblanadi. Sotib oluvchilar bunday vaziyatda yangi tovarni etarli darajada baholay olmaslikka va uning bahosini iloji boricha pasaytirishga harakat qilishlari tufayli ularning yuqoridagi savolga javoblari salbiy bo’lishi mumkin. Amaliyotda sotuvning haqiqiy bahosi marketing tadqiqotlarining natijalari bilan kamdan-kam hollardagina bir-biriga mos tushadi.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin