T. Malikov O. Olimjonov moliya


bob. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish bo’yicha investitsion dasturlarni moliyalashtirish



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə94/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish bo’yicha investitsion dasturlarni moliyalashtirish


  1. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish zaruriyati

Ishlab chiqarishni diversifikatsiya (faoliyatni kengay-tirish, mahsulot va xizmatlar turlarini ko’paytirish) va modernizatsiya qilish(zamonaviylashtirish, yangilash) jarayonlarida iqtisodiyot tarmoqlarida XYuSlarning ishlab chiqarishda ilg’or sifat siljishlariga va samarali ishlash-lariga erishish uchun kompleks choralar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.


Mustaqillik yillarida boshlangan O‘zbekiston iqtiso-diyotining xomashyo yo’nalishini o’zgartirish strategik nuqtai-nazardan uzoq muddatli ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu yuqori texnologik yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni yuqori sur’atlarda rivoj-lantirish, eksport salohiyatini keskin oshirish, importni esa keskin kamaytirish, import o’rnini bosuvchi mahsulot- larni o’zimizda ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligini taqozo etadi. Sanoatni xomashyoni kompleks chuqur qayta ishlashga yo’naltirish asosida va bozorlarda yuqori texno-logiyali mahsulotlarning sotilishini oshirmasdan turib samarali taraqqiyotga erishib bo’lmaydi. Bu taraqqiyotning innovatsion-investitsion usuliga o’tish maqsadida qo’shimcha moliyaviy resurslarni olish uchun oqilona yo’l hisoblanadi. 2016 yildan boshlangan yangi iqtisodiy sharoitda bu masalaga e’tibor yanada kuchaydi.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmoqlarini yuqori sur’atlarda rivojlantirish XYuSlarning faoliya-tini kengaytirish jarayonida ustuvor vazifadir. Takror ishlab chiqarishning intensiv usuliga o’tish ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirishda mashinasozlik ta’sirining o’sishini talab qiladi. Iqtisodiyotning mashinasozlik tarmoqlari esa moliyalashtirishning yangi manbalarini jalb qilish asosida ishlab chiqarishning texnologik jihatdan yangilanishini kuchaytirishga ehtiyoj sezadi.
Mashinasozlik kompleksini rivojlantirish uchun mashina va asbob-uskunalarning mustahkamligi va sifatini oshirish, mashinasozlik buyumlarining absolyut va nisbiy salmog’ini (texnik miqdor birligiga nisbatan) kamaytirish yo’li bilan mahsulotlarning metall va energiya sig’imlarini kamaytirish muhim hisoblanadi.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish resurslarni tejab-tergash jarayoni va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishi bilan uzviy bog’liq. Shu bilan birgalikda xalq iste’moli
tovarlarini ishlab chiqarish ijtimoiy ahamiyatining o’sishiga ham alohida e’tibor bermoq lozim. O‘zbekistonda sobiq SSSRdan meros bo’lib qolgan iqtisodiyot tarmoqlarida iste’mol predmetlarining salmog’i va ularning sifati pastligi oqibatida iste’mol talablarini qondirish muammosi hali o’z echimini to’la topmagan.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish uzoq muddatli investitsion va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog’liq. Xuddi shu maqsadlarga kichik biznesni samarali rivojlantirish ham xizmat qiladi. Ishlab chiqarishning fan sig’imini oshirish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish bo’yicha kompleks choralar ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amaliyotga joriy etish alohida ahamiyatga ega. Marketing sohasida ta’sirchan siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan yangilash va mahsulotlar yangi turlarini o’zlash-tirishning oqilona strategiyasini tanlash kerak.
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish asosida diversifikatsiya va modernizatsiya qilish zamonaviy bozor infratuzilmasini yaratish, xususan, iqtisodiyotning transport- kommunikatsion kompleksini rivojlantirish bilan o’zaro bog’langan. Uning vazifasi transport chiqim-larini qisqartirish va xizmatlarning sifatini oshirish hisobidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Xalqaro andozalarga mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqa-rishning murakkabligini inobatga olgan holda dunyo ishlab chiqaruvchilarining markasidan foydalanib qo’shma XYuS-larga asos solish va ularning rivojlanishini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega.



    1. Yüklə 0,8 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin