T. Malikov O. Olimjonov moliya


Moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari va ularni oshirish yo’llari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə102/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari va ularni oshirish yo’llari


Moliyaviy barqarorlikning tahlili absolyut va nisbiy ko’rsatkichlar, ya’ni moliyaviy koeffitsientlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.


Moliyaviy koeffitsientlarni hisoblash uchun axborot (informatsion) bazasi sifatida buxgalteriya hisoboti xizmat qiladi. Bu
koeffitsientlar balans tuzilgan sanada hisoblanadi va dinamik ko’rinishda tahlil qilinishi mumkin.
Eng umumiy ko’rinishda XYuSning moliyaviy barqaror-ligini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi:

    • avtonomlik koeffitsienti;

    • qarz kapitalining kontsentratsiyalashuvi koeffitsienti;

    • qarz va o’z mablag’larining nisbati koeffitsienti.

Avtonomlik koeffitsienti XYuSning barcha mulkiga joylashtirilgan o’z mablag’larining barcha mablag’larning umumiy summasidagi hissasi (salmog’i)ni ko’rsatadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:


K a = O‘ k : B b

Bu yerda: K a - avtonomlik koeffitsienti;


O‘ k - o’z kapitali (“Kapital va rezervlar” deb nomlanuvchi balans Sh bo’limining jami)
B b - balans valyutasi (o’z va qarz kapital
yig’indisi, ya’ni moliyalashtirishning umumiy summasi).

XYuSning moliyaviy ahvoli avtonomlik koeffitsien-tining darajasi 0,5dan kichik bo’lmagan holda barqaror deb hisoblanadi. Bu XYuSning yarim mulki uning o’z mablag’lari hisobidan shakllanganligini anglatadi. Avtonomlik koef-fitsientining o’sishi moliyaviy barqarorlikning oshganli-gidan dalolat beradi.


Qarz kapitalning kontsentratsiyalashuvi koeffi-tsienti qarzning kapital umumiy summasidagi salmog’ini aniqlab beradi va uni formula yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:


K qk = Q k : B b

Bu yerda: K qk - qarz kapitalning kontsentratsiyalashuvi koeffitsienti;



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin