T. Malikov O. Olimjonov moliya


bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy barqarorligi: baholash, ko’rsatkichlari, oshirish yo’llari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə98/268
tarix22.12.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#77184
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   268
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy barqarorligi: baholash, ko’rsatkichlari, oshirish yo’llari


  1. Moliyaviy barqarorlik va uni ta’minlash omillari

Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy barqaror-ligi quyidagilar xususiyatlar bilan xarakterlanadi:



    • tashqi qarz manbalardan moliyaviy mustaqillik;

    • moliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanish borasida XYuSning qobiliyati;

    • xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan o’z mablag’lari summalarining XYuSda barqaror mavjudligi.

Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida XYuS moliyaviy resurslarini samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish yotadi. Moliyaviy barqarorlikning tahlili shu davr mobaynida XYuS o’zining moliyaviy resurslarini quyidagi vazifalarni yechish uchun qanchalik to’g’ri boshqarganligini aniqlashga imkon beradi:

    • talab mahsulotiga ega bo’lgan ishlab chiqarish jara-yonining uzluksizligini ta’minlash;

    • mahsulot sotishning uzluksizligini yo’lga qo’yish;

    • innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengay-tirish va yangilash.

Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun XYuS-ning faoliyati to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lmoq lozim. Bunda moliyaviy resurslar holatining bozor talablariga muvofiq kelishi va XYuS taraqqiyotining ehtiyojlariga javob berishi muhim hisoblanadi.
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-xil bo’lgan juda ko’plab omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ular quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi(klassifikatsiya qilinadi):

    • vujudga kelish joyiga qarab;

    • natijasining muhimligiga ko’ra;

    • tarkibiy tuzilmasi bo’yicha;

    • harakat etish davriga muvofiq.

Vujudga kelish joyiga qarab XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhga bo’linadi:

    • ichki;

    • tashqi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   268




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin