xo’jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo’lgan o’z mablag’lari summalarining XYuSda barqaror mavjudligi.
Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida XYuS moliyaviy resurslarini samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish yotadi. Moliyaviy barqarorlikning tahlili shu davr mobaynida XYuS o’zining moliyaviy resurslarini quyidagi vazifalarni yechish uchun qanchalik to’g’ri boshqarganligini aniqlashga imkon beradi:
talab mahsulotiga ega bo’lgan ishlab chiqarish jara-yonining uzluksizligini ta’minlash;
mahsulot sotishning uzluksizligini yo’lga qo’yish;
innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengay-tirish va yangilash.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun XYuS-ning faoliyati to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lmoq lozim. Bunda moliyaviy resurslar holatining bozor talablariga muvofiq kelishi va XYuS taraqqiyotining ehtiyojlariga javob berishi muhim hisoblanadi.
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-xil bo’lgan juda ko’plab omillar o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ular quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi(klassifikatsiya qilinadi):